Fillips "Lids"ga sodiqligi sabab "Manchester Yunayted"ga o'tishni rad etganini aytdi
21 iyu 2022 10:38
Yangiliklar
Fillips "Lids"ga sodiqligi sabab "Manchester Yunayted"ga o'tishni rad etganini aytdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillips "Lids"ga bo'lgan sodiqligi sabab "Manchester Yunayted"ni rad etganini aytdi.
Futbolchi iyul oyida "shaharliklar" bilan olti yillik shartnoma imzoladi.
"Yo'q, menda hech qachon u erda bo'lish imkoniyati bo'lmagan. Bilasizki, men "Lids"ga sodiqman, oilamdagi barcha "Lids"ga muxlislik qiladi. Meni "Yunayted" xohlayotgani katta g'urur, dunyodagi eng buyuk va katta jamoalardan biri. Ammo, yo'q, "Lids"ga sodiq qoldim va "Manchester Siti"ni tanladim", — Fillips.
26 yoshli himoyachi "Manchester Siti"ga "Lids"dan o'tdi. U jamoa tarkibidagi sakkiz mavsum davomida 234ta o'yinda 14ta gol va 14ta assist qayd etdi.
Fikrlar