So’nggi yangiliklar

00:15Коло-Муани "Ювентус"га ўтишига ким кўндирганини айтди  0 23:56Европа лигаси. "Порту" - "Рома" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  3 23:45"Барселона" 5 ҳужумчи номзодини кўрмоқда  2 23:23Жоау Канселу: "Гвардиола - даҳо"  7 22:44"Ювентус" собиқ футболчисига 6 ойлик шартли қамоқ жазоси берилди  2 22:13Офсайдни аниқлашнинг ярим автоматик тизими Англия футболига ҳам кириб бормоқда  0 21:50ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  12 21:13"Андижон" назорат ўйинида "Шахтёр"ни енгди  8 20:49"Сурхон" Туркия йиғинини ғалаба билан якунлади  0 20:31"Андижон" "Бобур Арена"ни ОЧЛга тайёрламоқда  9 20:02"Мен "Манчестер Юнайтед"га умуман мухлислик қилмайман" — Рой Кин  7 19:39Мерсон: "Реал" "Манчестер Сити"ни пичоқни мойдан ўтказгандек кесиб юборади"  22 19:18Марушичнинг дубли "Нефтчи"га Грузия жамоаси устидан ғалаба келтирди. Учрашувда ўзбекистонлик ҳакамлар ва VAR ишлади  7 18:52Дунёнинг энг қиммат ҳимоячисига айланиши кутилаётган Салиба "Реал"га ўтишга рози  14 18:30U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг гуруҳдоши Эрон Индонезияга 3 та гол урди, Саудия Арабистони қийин ғалабага эришди  9

Filippin: Yo'qotishlar va erta boshlangan tayyorgarlik Yangiliklar

Filippin: Yo'qotishlar va erta boshlangan tayyorgarlik

Teglar :  FilippinTomas Duli
Filippin terma jamoasi jahon chempionati uchun kurashni davom ettirishi so'roq ostida qolgan bo'lsa-da, Osiyo Kubogiga borish uchun imkoniyatni saqlab qolgan.

Tomas Duli boshchiligidagi filippinliklar 14 mart kunidan Manilada tayyorgarlikka kirishishdi. Payshanba kuni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Filippindagi oxirgi yangiliklar bilan tanishtirib o'tamiz.

Tomas Duli 14 mart kuni yig'inni 20 nafar futbolchi bilan boshladi. CHaqirilgan o'yinchilarning asosiy qismi “Seres”, “Kaya”, “Global”, “Loyola” klubig tegishli. Xorijda o'ynaydiganlardan faqat Xitoyda faoliyat olib borayotgan Xaver Patino birinchi kundan mashg'ulotlarda ishtirok etdi. 14 mart sanasidan yig'inga kirishgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha:

Amani Aginaldo, Fitch Arboleda, Xorrel Aritorenas, Yovin Bedich, Kou Belgira, Paolo Bugas, Marko Kasambre, Mario Klarino, Dominik Rosario, Patrik Deyto, Jim Flores, Daniel Gadia, Omid Nazari, Xaver Patino, Simone Rota, Daysuke Sato, Jey Soberano, Tomas Trigo, Dennis Vilyanueva, Mark Uinxoffer, Fil Yangxasbend.


19 mart kuni yana bir qator o'yinchilar yig'inga qo'shilishdi.
Kenshiro Deniels, Xuan Girado, Kevin Ingreso, Xose Porteria, Patrik Reychelt, Stefan SHryok, Martin SHtobl, Neyl Eterij, Roland Myuller, Stefan Palla, Ian Remzi, Lyuk Vudlend.

Pol Malders va Jerri Lyusena ham yig'inga taklif etilgandi, biroq ular terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini elon qilishdi va bu yog'iga yoshlarga yo'l bo'shatishlarini takidlab o'tishdi. Manuel Ott va Misaq Bahadoran esa diskvalifikaciya tufayli terma jamoamizga qarshi uchrashuvda maydonga tushishmaydi.
Legionerlardan Patino endigina mavsumni boshladi. Eterij “Uolsoll” safida asosiy darvozabon vazifasini bajarmoqda. U Angliyaning 3-ligasi vakili sanaladi. Palla Avstriyaning “Volfsberger” jamoasida asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Remzi Eronning “Traktorsozi” klubi bilan “Paxtakor”ga qarshi bellashuvda qatnashish uchun Toshkentga tashrif buyurdi, ammo maydonga tushirilmadi. Vudlendda esa klub bilan bog'liq muammolar bor.
Filippin chempionati aprel oyida start oladi. Jamoalar ungacha kubok bahslarida ishtirok etishmoqda. 12 jamoa 2 guruhga bo'lingan holda kurashga kirishgan. Bir davra o'yinlaridan keyin keyingi bosqichga yo'l olgan klublar nomi malum bo'lgan. Hozircha jamoalar 5tadan o'yinda maydonga tushishdi. Mahalliy futbolchilar bilan Duli tayyorgarlikni ertaroq boshladi, chunki bunga imkon bor edi. “Kaya” va “Seres” jamoasidagi nomzodlar OFK Kubogida klublari bilan 3tadan bellashuvda qatnashishdi. Filippinlik futbolchilarda o'yin amaliyoti mavjud, juda ko'p bo'lmasa ham.


Filippinda yaqinlashib kelayotgan bahslarga katta etibor bildirishmoqda. CHunki qo'lga kiritiladigan ochkolar jamoaning Osiyo Kubogi uchun kurashni davom ettirishida asqotadi. “Seres” vakili Kevin Ingresoning jarohati to'liq bitib ulgurmagan. Fil Yangxasbend esa tizzasidan olgan jarohati sababli hozirgacha “Loyola” safida uchrashuvlarda harakat qilmadi. Uning O'zbekiston bilan uchrashuvgacha safga qaytishi kutilyapti. Fil terma jamoa safida oxirgi marta o'tgan yilning oktyabr oyida Manamada Bahraynga boy berilgan bellashuvda harakat qilgandi.

“Jamoa uchun hozir murakkab vaziyat, ammo Toshkentga ochko qo'lga kiritish haqida o'ylamasdan bora olmaymiz. Bizning asosiy kuchimiz doimo taslim bo'lmaslikda va biz oxirgi ikki o'yinda, ayniqsa, O'zbekiston bilan safardagi bellashuvda buni namoyish etishga intilamiz. Har qanday holatda bor kuchimizni beramiz”, - deb takidlagan Filippin terma jamoasi menejeri Dan Palami.

Filippindagi bellashuvda milliy terma jamoamiz 5:1 hisobida zafar quchgandi. Filippin Toshkentdagi o'yindan keyin 29 mart kuni KXDRni qabul qilsa, jamoamiz yana o'z maydonida Bahraynga qarshi uchrashuv o'tkazadi. Tomas Duli jamoasi 6 uchrashuvda 7 ochko to'plab, Bahraynni gollar farqiga ko'ra ortda qoldirmoqda.
Yig'inga jami 32 futbolchini taklif qilgan Duli yakund ular orasida 23 nafarini tanlab oladi. Kubok o'yinlarida o'zini ko'rsatgan Kou Belgira, Dominik Rosario, Jim Flores, Mario Klarino va Xorrel Aristorenas kabi futbolchilar yosh bo'lishiga qaramay, yig'inga taklif etilishdi. Filippin terma jamoasi Toshkentga 20 mart, yakshanba kuni Janubiy Koreyadan etib kelgan.

Behzod Nazarov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика