Filipe Luis “Atletiko” bilan shartnomani uzaytirmaydi
19 dek 2018 21:58
Yangiliklar
Filipe Luis “Atletiko” bilan shartnomani uzaytirmaydi
“Atletiko” himoyachisi Filipe Luis Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirishini istamadi, deya xabar bermoqda Marca.
33 yoshli futbolchining ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga mo'ljallangan. SHu bois futbolchi yanvar oyidan boshlab boshqa klub bilan muzokarani boshlashi mumkin.
Ayni paytda futbolchi jarohatini davolanish bilan band. U La Liganing 16-turi doirasida “Valdyadolid”ga (3:2) qarshi bahsda jarohat olgandi.
Ilgariroq futbolchining xizmatlariga “Milan” va “Inter” qiziqayotganligi haqida xabarlar chiqqandi.
Joriy mavsumda Luis Madrid klubi safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 16 ta turdan so'ng “Atletiko” 31 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 3-pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar
17:11
"Al Nassr" himoyachisi Evropaga qaytish uchun maoshi sezilarli darajada kamayishiga ham rozi 5
Fikrlar