So’nggi yangiliklar

10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  1 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  2 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  5 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2

Fikr qoldirish masuliyati yoki haqoratlarga qarshi jang haqida Yangiliklar

Fikr qoldirish masuliyati yoki haqoratlarga qarshi jang haqida

Mamlakatning eng operativ va eng yirik futbol portali – championat.asia haqoratli fikrlar, provokaciyalar, so'kinishlar va anonim tarzda o'zi bildirgan fikrlarga javob bera olmaydigan o'quvchilarga qarshi ochiq jang elon qildi.

Internet – global tarmoq bo'lib, barchamizga ajoyib imkoniyatlar yaratib beradi - har bir oddiy o'quvchi o'z hissiyotlari, emociyalari, fikrlari, takliflari, savollari bilan barchaga bo'lishish huquqiga ega. Bu albatta ajoyib.

AMMO.

Saytdagi fikrlar reytingi, haqoratli so'zlarni o'chirish, provokaciyalani to'xtatish, o'quvchilarnin taklifidan kelib chiqib saytni yanada rivojlantirish orqali biz portalni yanada yaxshi qilishga urinayapmiz, butun jamoa vijdonan bu ishga kirishgan. Ammo bir nasani hisobga olishingizni so'rab qolardik: Har kuni saytga 100 mingdan ortiq UNIKAL o'quvchi tashrif buyuradi, har kuni saytga 3000dan 7000gacha(!) fikr qoldiriladi.

Tushunib turganingizdek har bir fikrni filtirlash juda katta va og'ir mehnat talab qiladi – foydalanuvchi shartnomasida aniq qilib yozib qo'yilgan: Qoldirilgan fikrga aynan o'sha o'quvchi JAVOBGAR hisoblanadi, sayt fikri esa u bilan MOS TUSHMASLIGI mumkin. Ammo ko'plab o'quvchilarimiz turli niklar, profillar ochish orqali rahbariyat, futbolchilar, murabbiylar va boshqalarni kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqoratlashadi. O'sha o'quvchilar o'z oilasi davrasida ham shunday yomon so'zlarni ishlatishiga bizda katta shubha bor. Bir necha oy davomida saytimizda #babayanaut xeshtegini ko'plab o'quvchilar yozishdi, endi u tarixga aylandi va boshqa insonlarni mana shunday haqoratlash boshlanmoqda…


Bunga biz nima deymiz?

Bizning mehnatimizni qadrlang! Ertaga sizning o'ylab o'ylamay gapirayotgan - yozaetgan gaplaringiz uchun butun bir sayt jabr ko'rib qolishi mumkinligi haqida o'ylang!  Atrofga boqing - va shunga qarab xulosa qiling. Bordiyu kimlargadir ochiq oydin talab va etirozlaringiz bulsa - marhamat O'FF sayti, portal va boshqalarga O'Z nomingizdan  ochiq murojaat bilan chiqing, sayt orqasiga NIK orqali berkinish va uning faoliyatiga tahdid solish hurmatga loyiq ish emas. Sezgan bo'lsangiz asosli va o'rinli tanqid, mulohazali tahlil bizda o'z joyini va "plyus"larini topadi.

Championat.asia sayti qoidalarni qo'pol ravishda buzayotgan o'quvchilarga SHAXSAN qo'ng'iroq qilishni boshlab yubordi. Bizning jurnalistlarning ish vaqtini anchagina oladigan ushbu jarayon orqali yaqin orada o'z mevasini berishiga ishonamiz, fikr qoldirish madaniyatini o'stirishga va kelajakda saytning shu maromda ishlab, yanada rivojlanishiga umid qilamiz.

Agar bunday bo'lavermasa, bundan ham qatiy choralarni qo'llashga majbur bo'lamiz…

PS:  ushbu maqola taxminan 10ta profil ochib so'kinish, haqorat va saytdagi deyarli barcha xabarlar tagida provokaciya yozib qoldirgan o'quvchiga bag'ishlanadi. Mamuriyat qo'ng'irog'idan so'ng ushbu o'quvchi uyatdan o'zini qo'yarga joy topa olmay uzr so'rashdan boshqa chorasi qolmadi…. Salom, qadrli

AsrorZiyodov,
AsrorZiyodov1999,  
AsrorZiyodov2000,

... shuningdek o'zini ham, atrofdagilarni ham umuman hurmat qilmaydigan o'quvchilarga bag'ishlanadi.

Matluba Mustaeva.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика