So’nggi yangiliklar

07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  0 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  2 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  45 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3

FIFA.UZ: Evropaga va Tailandga boradigan ishtirokchilarga sovrin topshirildi Yangiliklar

FIFA.UZ: Evropaga va Tailandga boradigan ishtirokchilarga sovrin topshirildi

Kuni kecha FIFA.UZ g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Unda ikki nafar ishtirokchi o'z sovrinlariga ega bo'lishdi.

O'tgan mavsum Evropa kuchli beshlik chempionatida eng ko'p ochkoni toshkentlik futbol muxlisi Jahongir Usmonov tuzgan jamoa qo'lga kiritdi. U "Roma" muxlisi bo'lgani uchun aynan shu jamoa ishtirokidagi o'yinga chipta yutib oldi. Kuzda g'olibimiz FIFA.UZ tomonidan Rim shahriga borish kelish aviachiptasi, mehmonxona xarajatlari va o'yin chiptasiga ega bo'ladi.



"G'olib bo'lishning hech qanday siri yo'q. SHunchaki futbolga qiziqish va uni diqqat bilan kuzatib borish kerak. Bundan tashqari har bir turdan oldin transfer qilish ham lozim, buni o'z tajribamdan bilaman. Rimga borib "Roma" o'yinini ko'rishni maqsad qildim. Buning uchun FIFA.UZ ga rahmat", - deydi Jahongir Usmonov.

Qolgan ikki o'rinni olgan ishtirokchilar afsuski hozirgi paytda Toshkentga kela olishmaydi. Ularga ham albatta o'z chiptalari topshiriladi.

Oliy liganing birinchi davrasida g'olib chiqqan ishtirokchi: 1992 yil 13 mayda tug'ilgan Eldor Tursunov Zarafshon shahrida istiqomat qiladi. U sentyabr oyida Tailandda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga borib terma jamoamizni qo'llab-quvvatlaydi.



Eldor Tursunovning fikrlari quyidagicha bo'ldi: "Oliy ligani anchadan buyon kuzatib kelaman. Har bir turdan oldin qaysi futbolchi gol urishi mumkinligini taxmin qilib jamoa tuzdim. Omadim keldi. 13-turda Farhod Tojiev ikki bor penaltidan gol ura olmagani uchun ham men g'olib bo'ldim. Aks holda mendan keyingi jamoani tuzgan ishtirokchi Tailandga borardi".

FIFA.UZ da yangi evromavsum start oldi. Rossiya, Franciya va Angliya chempionatlarida o'zingizga jamoa tuzishingiz mumkin.

Sovg'alar haqida yaqin kunlarda xabar beramiz. Oz qoldi...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика