FIFA sobiq bosh kotibni umrbod futboldan chetlatdi
09 may 2018 00:43
Yangiliklar


FIFA sobiq bosh kotibni umrbod futboldan chetlatdi
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) Gvatemala Futbol federaciyasining sobiq bosh kotibi Ektor Truxiloni futbolga aloqador barcha harakatlardan bir umrga chetlatdi.
Tashkilot matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Truxilo FIFA axloq kodeksi talablarini qo'pol ravishda buzgan deb topilgan. Bir umrga chetlatilish bilan birga sobiq kotib 200 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga ham tortilgan.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning kuzida Truxilo AQSH sudi tomonidan sakkiz oyliq qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Bunga sabab sifatida uning JCH-2018 va JCH-2022 bahslarining marketing huquqini sotib olish borasida Truxiloning 175 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora sifatida olganligi sabab bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
14:35
"Venger qonuni", sekundomer, murabbiylik chellenji - FIFA va IFAB yangi qoidalarni joriy etdi 12

Fikrlar