So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

FIFA simulyaciya qilgan futbolchini jarimaga tortadi. O'zbekistonga ham bu kerakmi? Yangiliklar

FIFA simulyaciya qilgan futbolchini jarimaga tortadi. O'zbekistonga ham bu kerakmi?

Futbol yildan-yilga rivojlanib bormoqda. SHu bilan birga futbol qoidalari ham takomillashib, yangilab borilmoqda.

Oxirgi yillarda FIFA futbol o'yini jozibasiga tasir qiluvchi omillarga qarshi kurash olib bormoqda hamda quyidagi holatlar uchun futbolchilarni moliyaviy jarimaga tortmoqda.

- Simulyaciya (mug'ombirlik)

- O'yin vaqtini atayin cho'zish

- Hakamning qaroriga so'z yoki ishoralar bilan etiroz bildirish


O'zbek futbolida ham bunday vaziyatlar ko'payib borayotgani hech kimga sir emas. Masalan, g'olib bo'layotgan jamoa darvozaboni to'pni o'yinga kiritish paytida atayin vaqt cho'zsa oddiy muxlisga bu yoqadimi? Yoki futbolchi penalti ishlayman deb raqib jarima maydoni ichida aktyorlik ishlatib yiqilib tushaversa bu futbolga foyda keltiradimi? Yoki bo'lmasa Superligada ishlayotgan mahalliy hakamlar bilan har bir bahsli vaziyatda tortishadigan futbolchilar ertaga terma jamoalarimiz safida xalqaro o'yinlarda ishtirok etishsa va chet ellik hakamlar bilan shunday qilib jamoamizni og'ir ahvolga solib qo'yishsa bu bizga pand berib qo'ymaydimi?

SHu bois ham futbol jamoatchiligi tomonidan yuqoridagi holatlar uchun O'zbekistonda ham futbolchilarni moliyaviy jarima solish taklifi o'rtaga tashlanmoqda.

Xo'sh, sizningcha O'zbekistonda ham FIFA qabul qilgan qoidani tatbiq etish to'g'ri bo'ladimi yoki yo'q? Fikrlaringizni yozib qoldiring.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика