FIFA reytingida O'zbekiston 68 o'rinda qoldi, Osiyoda oltinchi o'ringa tushdik
19 dek 2013 14:49
Yangiliklar

FIFA reytingida O'zbekiston 68 o'rinda qoldi, Osiyoda oltinchi o'ringa tushdik
FIFA milliy terma jamoalarning noyabr oyi reytingini elon qildi.
Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan oydagidek 68-o'rinda qolgan. Ayni paytda Mirjalol Qosimov shogirdlari 526 ochkoga egalar. Terma jamoamiz Osiyoda beshinchidan oltinchi o'ringa tushib ketdi. Iordaniya 5 pog'ona yuqorilab 65-o'ringa chiqib oldi.
Osiyo qitasida hamon Eron termasi peshqadam. Forslar 33-o'rindalar. Yaponiya esa 47-o'rinda. 54-o'rindagi Janubiy Koreya uchinchi, bir pog'ona yuqorilagan Avstraliya 58 o'rinda.
Umumiy ro'yxatni hamon Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ulardan so'ng Germaniya va Argentina terma jamoalari joy olishgan. Umuman olganda kuchli 18talikda hech qanday o'zgarisha kuzatilmagan.
To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

Fikrlar