FIFA "Persepolis" argentinalik murabbiyga 580,000 dollar to'lab berishni talab qildi
09 iyu 2020 19:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580068_original.jpg)
![](/upload/storage/580068_220.jpg)
FIFA "Persepolis" argentinalik murabbiyga 580,000 dollar to'lab berishni talab qildi
Bir yil muqaddam Eronning "Persepolis" klubini Gabriel Kalderon qabul qilib olgandi.
Biroq oradan olti oy o'tib "Persepolis" rahbariyati argentinalik murabbiy bilan shartnomani bekor qildi. Natijada Kalderon FIFAga kompensaciya bo'yicha murojaat qilishga majbur bo'ldi. O'z navbatida FIFA bu ishni o'rganib chiqib tehronliklar murabbiyga 580,000 dollar to'lab berishi kerakligini talab qildi.
SHuningdek, "Persepolis" qo'shimcha ravishda argentinalik murabbiyning ikki nafar yordamchisiga 90,000 va 75,000 dollar miqdorida ham pul to'lab berishi kerak. Avvalroq FIFA "Persepolis"ni Kalderondan oldin boshqargan Branko Ivankovich uchun 1 million evrodan ko'proq pul to'lab berishini talab qilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar