So’nggi yangiliklar

00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  2 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  5 23:00"Ал Насср" - "Истиқлол"  14 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  17 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  18 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  11 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0 19:20"Ливерпуль" Adidas билан шартнома имзолади  1 18:56"Барселона" Бразилия терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  1 18:27Рой Кин: "Илгари дурангдан сўнг "Манчестер Юнайтед"га нисбатан ҳуштакбозлик қилишарди, энди эса олқишлашмоқда"  6 17:59"Барселона" футболчиси шартномани узайтириш бўйича музокараларни тўхтатди  3 17:33"Куртуа Бельгия терма жамоасига қайтиш-қайтмаслик масаласини ўзи ҳал қилиши ғалати"  14

FIFA milliy jamoada 100 va undan ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilarni elon qildi. Ular orasida besh nafar hamyurtimiz bor Yangiliklar

FIFA milliy jamoada 100 va undan ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilarni elon qildi. Ular orasida besh nafar hamyurtimiz bor

FIFA rasmiy sayti milliy terma jamoalarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.

FIFA bu ro'yxatni tuzishda avvalambor terma jamoalarning FIFA bayrog'i ostida o'tadigan o'yinlari, shuningdek Olimpiada uchrashuvlariga (saralash bahslari ham inobatga olingan) etibor qaratgan. 

Mazkur ro'yxatning birinchi o'rnida malayziyalik sobiq futbolchi So CHin Ann turibdi. Bu futbolchi Malayziya milliy terma jamoasi safida 1969 - 1984 yillar oralig'ida jami 195ta o'yin o'tkazgan. Ikkinchi o'rinda quvaytlik Badr Al Mutva 185 o'yin bilan borayotgan bo'lsa, uchinchi o'rinni misrlik Ahmad Hassan 184 o'yin bilan egallab turibdi. 

Ro'yxatdan besh nafar o'zbekistonlik futbolchilar ham o'rin oldi. Ketma-ketlikda sanaydigan bo'lsak, milliy terma jamoamizda eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchi bu - Server Jeparov. Jeparov hisobida 127ta o'yin bor. Osiyoning ikki bor "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Jeparov 2002 - 2017 yillar oralig'ida shunday natija qayd etgan.  

Server Jeparov - 127 o'yin (2002-2017 yillar)

Timur Kapadze - 117 o'yin (2002-2015 yillar)

Odil Ahmedov - 108 o'yin (2007-2021)

Ignatiy Nesterov - 105 o'yin (2002-2019)

Anzur Ismoilov - 102 o'yin (2007-2019)


FIFA taqdim etgan ro'yxatda mashhurlar ko'p. Quyida 150 va undan ko'p o'yinlarda ishtirok etgan asosiy futbolchilarni keltirib o'tamiz. 

Serxio Ramos (Ispaniya) - 180 o'yin (2005-2021)

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) - 179 o'yin (2003-2021)

Muhammad Al Deayya (Saudiya Arabistoni) - 178 o'yin (1993-2006)

Janluidji Buffon (Italiya) - 176 o'yin (1997-2018)

Amir SHafi (Iordaniya) - 171 o'yin (2002-2021)

Iker Kasilyas (Ispaniya) - 167 o'yin (2000-2016)

Sami Al Jaber (Saudiya Arabistoni) - 156 o'yin (1992-2006)

Lendon Donovan (AQSH) - 155 o'yin (2000-2014)

Yasuxito Endo (Yaponiya) - 152 o'yin (2002-2015)

Hassan Al Haydos (Qatar) - 152 o'yin (2008-2021)

Lionel Messi (Argentina) - 151 o'yin (2005-2021)

Lotar Matteus (Germaniya) - 150 o'yin (1980-2000)

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика