So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

FIFA kasodga uchrayapti? Milliardlab dollar zarar, lekin... Yangiliklar

FIFA kasodga uchrayapti? Milliardlab dollar zarar, lekin...

Infantino jamoasi Blatter jamoasi xatosini takrorlayaptimi?

FIFAda inqiroz, yo'qotish – milliardlab dollarlar

2019 yilda FIFAning zarari soliqlargacha 280 million dollarni tashkil qildi. O'tgan yili koronavirus tufayli 794 million yo'qotildi. Ikki yilda umumiy hisobda zarar 1 milliard 74 millionni tashkil etdi. Soliqlarni qo'shib hisoblasak – undanda ko'proq.

Bu FIFA rasmiy hisobotidan olingan malumotlar. Ishlar yaxshi ketmayotganini hech kim berkitmayapti. Va buning sababini ham aytishmoqda. Misol uchun, 2019 yilda televizion huquq 342 million dollarga sotilgan. O'tgan yili esa JCH-22 saralash uchrashuvlari ham o'tkazilmagach, bu ko'rsatkich bor yo'g'i 1.7 mlnni tashkil qilgan.

Marketing huquqlari savdosi ham ikki barobarga qisqarib, keskin zarar ko'rgan. FIFAni so'nggi ikki yilda FIFA futbol simulyatori asoschilari qutqarishdi – ularga licenziyalar sotiladi. 2018 yilgacha to'rt yil mobaynida kibersportdan taxminan 600 mln dollar foyda kelgan.

2019 va 2020 yillarda 159 milliondan ishlab topilgan. SHuningdek, FIFA vakillari 2021 yil ham zarar bilan yakunlanishini tushunib turishibdi. Taxminlarga ko'ra, chiqimlar ko'rilgan foydadan 518 mln dollarga ko'proq bo'ladi. Uch yilda yarim milliard zarar, soliqlarni inobatga olsa – ikki milliard.

Biroq tanganing boshqa tomoni ham bor – faqatgina 2022 yil barcha zararni qoplash imkonini beradi. FIFA ushbu musobaqa orqali 4.7 milliard ishlab olmoqcha. Rossiyadagi mundial orqali 5.5 milliard ishlab topilgan, bu rekord (turnir mezbonlar uchun foyda keltirishi qiyin, tashkillashtiruvchilar uchun — aksincha)ligini hisobga olsak, summa haqiqatga yaqin.

Natijada to'rt yillikda (2019-2022) 6.44 milliard ishlab topiladi, 6.34 sarflanadi - farq 100 million sof foyda:

JCH-2022 mezboni muammolariga ko'z yumishni so'ramoqda

FIFA rahbariyat o'zgargach va sud ishlaridan keyin ham oppoq bo'lib qolgani yo'q. Germaniyadan keyin, ular ham FIFAga pora berganligi haqida gaplar tarqalgandi, Jahon chempionati JAR (korrupciya bo'yicha reytingda 73 o'rinda), Braziliya (105 o'rin) va Rossiya (138).

Qatarda korrupciya yo'q – reytingda 19-o'rin Yaponiya va Buyuk Britaniyaning o'rtasida. Pul o'marilishi borasida muammolar, etirozlar bo'lmasligi turgan gap. Ammo mezbonlar borasida boshqa muammo mavjud – diktatura, erkin OAV yo'qligi, qonun buzilishini ko'rsangiz ham ochiq ayta olmasligingiz.

Biroq Qatar FIFA xodimlariga "yo'l topa" oldi. Hamkorlik uchun pul talab qilish mumkin. Kichik mamlakatda imkoniyatlar ko'p va uning amiri tarixdagi ilk qishki Jahon chempionati uchun moliyaviy imkoniyatlarini qizg'anmayapti. Sahrolarda yangi shaharlar qurib tashlashmoqda.

Lekin klublar va muxlislar qiziqishlari butkul ahamiyatsiz. Sportchilarning yuzaga kelgan grafikda tayyorgarlik jarayonidagi muammolari, ehtimoliy jarohatlari, ishchilarning qurilish jarayonida hayotdan ko'z yumishi – bu hozircha faqatgina norvegiyaliklar va germaniyaliklarga qiziq. Qolganlar hech nima bo'lmagandek, hech nimani ko'rmagandek o'yinlarni davom ettirishmoqda.

FIFA kutilmagan zararlar girdobida qolgan va JCHga qutqaruv balonchasidek munosabatda bo'ladi. JCH-2022 orqali tashkilot, televizion huquqlar va marketing huquqlari sotuvidan tashqari, 1.65 milliard dollar ishlab olmoqchi. Biroq bu insonlar hayotiga arzirmikan?


FIFA xalqaro hamkorlari munosabati sezilmayapti 

Qatarning g'alabasisiz Blatter hamon FIFA prezidenti bo'lib qolardi. Lekin amerikaliklar shov-shuvli mag'lubiyatdan keyin alamlarini boshqacha yo'l bilan olishdi. Hozir endi futbolchilar emas, federaciyalar inson huquqlari haqida bong urishlari zarur.

Etti ming murda – bu faqatgina rasmiy raqamlar. Qatarda mahalliy aholi umumiy sonining 15%ni tashkil qilishidan ko'pchilikning xabari bo'lmasa ham kerak.

Mamlakat neft tufayli shu qadar boyki, qatarliklar ishlashni istashmaydi. Qurish, savdo ishlari bilan shug'ullanish va boshqa ishlarda Qatarga kelganlar faoliyat yuritadi. Qatar JCH-2022da tartibni saqlash uchun policiyachilarni Evropadan yollaydi, shu kunlarda yangi shartnoma imzolangan.

Mamlakatda mehnat agentlari ko'payib ketgan – mamlakatga ishlashga kelganlar ularga ish topib bergani uchun pul to'lashadi. Lekin keyinroq "ish topuvchini" almashtirib bo'lmaydi. Mamlakatdagi real voqeani tasavvur qilish qiyin.

Biroq Blatterning atrofidagilar "pora"ni yaxshi ko'rardi. Xuddi Sarkozi kavbi. Aynan yaqindagina korrupciya bilan bog'liq sud ishida yutqazdi. Franciya prezidenti Platinini Qatarga ovoz berishga ko'ndirgan. Keyinroq, tasodifan Mishelning hisob raqamiga FIFAdan pul kelib tushdi. Faqatgina shunday to'g'ri kelib qolganini takidlashdi, lekin...

Karib regioni vakillariga mayda "poralar" bo'lgan — 40 ming dollardan, kattaroq summalar – 1.5 mln.liklari ham bo'lgan. Sud ishlari davom etmoqda, lekin ularning ochko'zligi futbol dunyosiga qimmatga tushdi. FIFA xalqaro bosh homiylari jim, musobaqa katta ehtimol belgilangan vaqtda, belgilangan joyda o'tadi.


Hattoki JCH saralishida "VAR"dan voz kechishni ham moliyaviy zarar bilan ifodalashdi

Koronavirus doimiy argument sifatida ishlatiladi. "Qatardagi JCHsiz FIFA zararlarini "yopib keta olmaydi". Mana sizga hisob-kitob, mana sizga qarzlar – yilning oxiriga qadar 1.5 milliard dollar". Biroq yashirin bir jihat haqida unutilmoqad – Infatinoning zaxira fondi mavjud.

U haqida negadir ortiqcha eslanmayapti, vaholanki Rossiyadagi musobaqadan so'ng 2.74 milliard dollar foyda ko'rilgani haqida maqtanib, shov-shuv ko'tarishgandi. O'ta kamtar bo'lish shart emas, pandemiya bilan o'tgan ikki yil oqibatini 2022 yil oxirigacha hal qilishadi.

Jahon chempionati saralashi doirasida Belgradda o'tgan uchrashuvdan keiyn Portugaliyaning etiroziga tashkilot Evropa saralashida "VAR" yo'qligini, bunga esa Malta yoki San-Marino kabi davlatlarda ushbu tizim uchun pul yo'qligini malum qilgan. Vaholanki JCH-2022 final bosqichiga yo'l olgan jamoa o'nlab million dollar mablag'ga ega bo'ladi.

Ushbu tizim yo'qligidan faqatgina Portugaliya jamoasi emas, boshqa termalar ham aziyat chekdi. Axir UEFA Millat Ligasidagi ishtirok uchun to'layotgan mablag'ni inobatga olsak, kuchsizroq deb ko'riladigan mamlakatlar ham "VAR" tizimini o'rnatishga qodir.

FIFA har bir federaciyaga 500 ming dollardan pul o'tkazib bergan, Rossiyada "Krasnodar" o'zining katta stadioniga takroriy lavhalarni taxminan 240 mingga o'rnattirgan. UEFA ham bu erda yordam berib yuborishi mumkin edi. 

Klassik manipulyaciyaga guvoh bo'lyapmiz – pandemiya bahonasi hamma joyda qo'l kelmoqda. FIFA rasmiylari oyliklari haqidagi malumotni ommaga malum qilmaslikni maqul ko'rishadi. 

Birgina Infantino inqirozli 2020 yilda 2.1 mln dollar topgan, va yana 1 million bonus sifatida. FIFA Bosh kotibi Fatma Samuraga — 1.7 million dollar. Gibraltardagi stadionga "VAR" o'rnatish uchun pul yo'qligi aniqmi? FIFA xodimlari o'zlari uchun pulni ayashmasligi ko'rinib turibdi.

Ko'rilgan foyda – to'rt yilda 6.44 milliard. O'tgan ciklda 6.42 milliard ishlab topilgandi. FIFA bevosita o'zi hech nima ishlab chiqarmaydi, qo'polroq qilib aytganda "havoni pullashmoqda" – boshqalarning futboldagi obro'sidan unumli foydalanilmoqda. Biroq shunda ham "San-Marino uchun "VAR"ga pul yo'q, shuning uchun Belgradda ham uni o'rnatmaymiz".

Zaxirada 1.9 milliard dollar bor bir paytda – Evropadagni 3-4 stadion uchun kameralar xarid qilsa bo'larmi-di? Navbatdagi JCH uchun Qatar tanlandi, lekin oddiy misol AQSH yoki Angliyada ham JCH-2022 o'tkazilsa, Rossiyada 5.5 foyda ko'rilgan joyda, 4.7 emas, to'liq 6 milliard ishlab olishlari ham mumkin edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика