FIFA Emiliano Sala tufayli "Kardiff"ni 6 million evro to'lashga majbur qildi
01 okt 2019 10:40
Yangiliklar
FIFA Emiliano Sala tufayli "Kardiff"ni 6 million evro to'lashga majbur qildi
FIFA "Kardiff Siti"ni "Nant"ga Emiliano Salaning transferi uchun 6 million evro to'lashga majbur qildi.
Argentinalik "Nant"dan "Kardiff"ga shu yilning yanvar oyida o'tgan edi, ammo Sala Franciyadan Angliyaga bo'lgan parvoz paytida aviahalokat tufayli vafot etdi.
"Kardiff" "Nant"ga Salaning transferi uchun 17 million evro to'lashdan bosh tortdi.
CHunki futbolchi bu vaqtda rasman uelsliklar klubi azosi bo'lmagan.
Tomonlar ushbu qaror bo'yicha CASga murojaat qilish huquqiga egalar.
Fikrlar