FIFA Arab Kubogi yakunlari. Kim nima sovrin yutdi?
19 dek 2021 11:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/673988_original.jpg)
![](/upload/storage/673988_220.jpg)
FIFA Arab Kubogi yakunlari. Kim nima sovrin yutdi?
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida Jazoir va Tunis terma jamoalari o'zaro bahs olib borib, bunda Jazoir 2:0 hisobida g'alaba qozonib, oltin medallarni qo'lga kiritdi.
Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa Qatar terma jamoasi Misrga qarshi 0:0 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g'alaba qozondi va bronza medallarga ega chiqdi.
Final uchrashuvi yakuniga etgach, musobaqaning eng yaxshilarini taqdirlash o'tkazildi.
"Oltin to'p" - Yasin Brahimi (Jazoir)
"Kumush to'p" - Yusef Belaili (Jazoir)
"Bronza to'p" - Akram Afif (Qatar)
"Oltin butsa" - Sayfiddin Jaziri (Tunis)
"Kumush butsa" - Yasin Brahimi (Jazoir)
"Bronza butsa" - Yazan Al Naimat (BAA)
"Oltin qo'lqop" - Rais Mbolhi (Jazoir)
Feyr-pley sovrini - Marokash terma jamoasi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar