FIFA AQSH federaciyasidan JCH-2022ga tayyorgarlik ko'rishni so'radi
13 iyu 2014 10:59
Yangiliklar
FIFA AQSH federaciyasidan JCH-2022ga tayyorgarlik ko'rishni so'radi
ESPN jurnalisti Xorxe Ramos “Tvitter”dagi o'z sahifasida FIFA vakillari AQSH futbol federaciyasi rahbarlari bilan bog'lanib, JCH-2022ga tayyorgarlik ko'rishni so'rab, murojaat qilganini yozdi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi jahon chempionati Qatarda o'tkazilishi belgilab qo'yilgan. Ammo, FIFA sobiq vice-prezidenti Muhammad bin Hammamning ushbu mundial mezbonligini qo'lga kiritish uchun 5 million AQSH dollari miqdorida pora berganligi haqidagi xabarlar tarqalganidan so'ng ushbu JCHning o'tkazilishi so'roq ostida qolmoqda.
Takidlash joiz, ovoz berish jarayonining to'rtinchi bosqichida Qatar 14 ta ovoz to'plagan bo'lsa, AQSH 8 ta ovozga ega bo'lgandi. Bin Hammamga qo'yilayotgan ayblov tasdiqlansa, JCH-2022 mezbonligi AQSHga topshiriladi.

Fikrlar