FIFA agenti: "Oliy ligada mijozim o'ynagan 10ta o'yindan 7tasi kelishilgan ekan"
06 okt 2014 15:48
Yangiliklar
FIFA agenti: "Oliy ligada mijozim o'ynagan 10ta o'yindan 7tasi kelishilgan ekan"
Kelishilgan o'yinlar haqidagi gaplar kun sayin ko'payib ketyapti.
Agar bizda kelishilgan o'yinlar bo'lmaganida, unga qarshi kurashish bo'limi ochilmagan bo'lardi.
Kuni kecha feysbukda asosan serb futbolchilari bilan ishlaydigan FIFA agenti, oliy ligamizda to'p tepgan futbolchisi o'zi ishtirok etgan 10ta o'yindan 7tasi kelishilgan ekanligini aytib o'tdi. Bu futbolchining kimligini bilamiz. Ammo bizni tuhmat malumot tarqatganlikda ayblashlari mumkin.
Agentning aytishicha, kelishilgan o'yinda futbolchi o'zining yuqori formasiga chiqa olmaydi. Xuddi shunday o'zimizning futbolchilar ham. Qisqasi kelishilgan o'yinlar bilan JCHga ham chiqib bo'lmaydi.
Eng yomoni Boltiqbo'yi davlatlarida biz haqimizda tarqayotgan mana shunday gaplarni deb yaxshi legioner chempionatimizga kelmay qo'ydi.

Fikrlar