Fevzi Davletov: "Ikkita qizil kartochka o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi"
25 iyu 23:26
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Ikkita qizil kartochka o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi"
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mantiqan qaralsa, 2 ta qizil kartochka o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi. Ayniqsa, ikkinchisi ortiqcha bo'ldi. Vaziyatni ko'rdim, barchasi o'yin haroratida yuz berdi.
O'z vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Albatta g'alaba qozonishni maqsad qilgandik, shunga intildik, lekin o'xshamadi. Bugun ko'p jihatlarda etiborni yo'qotdik. Yozgi tanaffus oldidan mag'lubiyat biz uchun yaxshi bo'lmadi. Xato va kamchiliklarni tahlil qilgan holda tayyorgarlikda davom etamiz.
Ha, jamoamiz muxlislarini olqishlaymiz. Ular har bir o'yinga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab borishmoqda. Fan klubimiz vakillari o'yin davomida juda yaxshi ishlashadi. Muxlislar uchun yoqimsiz natija bo'ldi, buning uchun uzr so'raymiz" - deydi termizliklar ustozi.
Fikrlar