Feruz Boboqulov: “Bunyodkor”dek raqib bilan durang o'ynash, qoniqarli desa bo'ladi”
29 apr 2014 21:05
Yangiliklar
Feruz Boboqulov: “Bunyodkor”dek raqib bilan durang o'ynash, qoniqarli desa bo'ladi”
Kecha oliy liganing 6-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Bunyodkor” (1:1) bahsida tomonlar durangga imzo chekdi.
Ko'pchilik uchrashuvdan oldin amaldagi chempionni favorit hisoblagandi. Ammo Edgar Gess jamoasi ham shu kuni “qaldirg'ochlar”ga etarlicha qarshilik ko'rsata oldi. Uchrashuvdan so'ng buxoroliklar hujumchisi Feruz Boboqulov bilan suhbatlashdik.
- Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda durang qayd etildi – deya gap boshladi Boboqulov. - Ochig'ini aytganda, “Bunyodkor”dek jamoa bilan durang o'ynashning o'zi ham qoniqarli natijadir. Lekin bilasizmi shu kuni “Buxoro” uch ochko qo'lgi kiritishi ham hech gap emasdi. Buning uchun bizda bir qator golli vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalanishga kelganda aniqlik etishmadi. Nima ham derdik bu – futbol. SHuni ham aytib o'tish kerakki, raqib jamoada ham gol urish imkoniyati bo'ldi. Biroq shu kuni baribir muxlislar har bir jamoadan bittadan gol ko'rdi xolos.
- Uchrashuvda garchi birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsakda, qisqa fursat ichida o'z darvozamizdan javob to'pini o'tkazib yubordik. Aynan ushbu tezkor gol bizni 5 daqiqa ruhiy tushkunlikka tushirib qo'ydi. Keyinchalik esa hammasi iziga tushib ketdi. O'z kuchimizga bo'lgan ishonch paydo bo'la boshladi va hujum qilishdan cho'chimadik. O'ylaymanki uchrashuv stadionga kelgan ishqibozlarimizga ham yoqdi.
- Darhaqiqat bu yilgi chempionat men uchun omadli boshlandi. Albatta dastlabki turlarda jamoam uchun gollarim g'alaba keltirgani meni ham quvontirdi. CHunki bu orqali muxlislarning suyukli o'yinchisiga aylanib borasan (kuladi). Bunday bo'lishiga jamoadoshlarim va murabbiylarning qo'llab quvvatlab turishi ham muhim o'rin tutdi.
- Bu yilgi shaxsiy maqsadlar haqida gapiradigan bo'lsam, “Buxoro”ga gollarim bilan foyda keltirish. Zaxiradan tushamanmi yoki boshlang'ich tarkibda o'ynaymanmi eng muhimi jamoamga foydam tegsa bo'lgani. CHunki futbol bu – jamoaviy o'yin demakdir.
- Edgar Gess bilan ishlash boshqalar kabi menga ham yoqyapti. Har bir murabbiyning o'z falsafasi bo'lgani kabi bu murabbiyning ham shaxsiy qarashlari mavjud. Tajribasi katta. Bejizga u kishini “Buxoro”ga olib kelishmagan.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar