So’nggi yangiliklar

22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  3 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  8 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1

Feruz Boboqulov bilan Aziz Ibragimov “Andijon”da Yangiliklar

Feruz Boboqulov bilan Aziz Ibragimov “Andijon”da

“Andijon” tarkibidagi o'zgarishlar davom etadi.
Jamoa yig'iniga kuni-kecha iqtidorli hujumchi Feruz Boboqulov kelib qo'shildi. Juma kuni o'tkazilgan mashg'ulotlarda futbolchi ishtirok etdi. SHu kuni mashg'ulotni kuzatish maqsadida “Sog'lom Avlod” stadioniga borganimizda, ashaddiy ishqibozlar yuqori tayyorgarlik bilan Aziz Ibragimovni intizorlik bilan kutayotgandi.

Avval saytimiz orqali xabar berganimizdek, CHexiyadagi hamyurtimiz shu kunlarda “burgutlar” lageriga etib kelishi kutilayotgandi. Rejaga ko'ra,  mashg'ulot paytida, Ibragimov kutilganidek, “Sog'lom Avlod” stadioniga kirib keldi. SHunda muxlislar katta ishtiyoq bilan kelgan futbolchini karnay-surnay sadolari bilan kutib oldi.

Maxalliy ishqibozlarning bunday etiboridan to'lqinlanib ketgan Aziz Ibragimov quvonchini yashirmadi va “Andijon”ga kelib adashmaganini his etdi. Ibragimov dastlab klub rahbariyati bilan ko'rishib, suhbatlashgach, muxlislar o'tirgan tribuna tomon yo'l oldi va ularga bunday etibor uchun minnatdorchilik bildirdi. O'z navbatida muxlislar etakchisi Nodirbek To'ychiev ham Ibragimov bilan salomlashib, jamoaning shunday og'ir kunlarida taklifni rad etmagani uchun futbolchiga rahmat aytdi. Qolvaersa klubni oliy ligada qolish yo'lida yordam berishini butun Andijon axli Ibragimovdan ham kutayotgani takidladi.

Azizni insoniylik jihatdan boshqalarga numuna bo'lishga arziydigan futbolchi ekanligini bilib olish qiyin kechmadi. Mashg'ulotni diqqat bilan kuzatib, u tugaganidan so'ng har bir futbolchi bilan qo'l berib suhbatlashib chiqdi. O'z vaqtida “Mashal”da birga o'ynagan jamoadoshi SHuhrat Mirxoldirshaevni ko'rib, xursandligini yashirmadi. Qolaversa Ibragimov bosh murabbiy Sergey SHevchenko bilan ham ko'rishib, yaqindan tanishdi.

Aytish lozimki, oxirgi kunlarda jamoaning mashg'ulotini kuzatish maqsadida 100tadan kam bo'lmagan ishqibozlar tashrif buyurmoqda.

Bugun “Andijon” jamoasi rejaga ko'ra, Farg'onada “Neftchi” yoshlar jamoasiga qarshi sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi. Mazkur o'yin “Qirguli SK”da kechadi. SHundan so'ng andijonliklarning yig'ini poytaxtga ko'chadi.

foto: Elmurod Ermatov
Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика