Fernandesh nega penaltini Reshfordga berganini tushuntirdi
25 noy 2020 21:45
Yangiliklar


Fernandesh nega penaltini Reshfordga berganini tushuntirdi
CHempionlar Ligasi 4-turi doirasda MYU o'z maydonida “Istanbul”ni yirik hisobda (4:1) taslim etdi.
Uchrashuvning ilk taymida Brunu Fernandesh dublga erishib turgan vaqtida “qizil iblislar” penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Xet-trikka yaqin bo'lgan Fernandesh uni o'zi emas, jamoadoshi Markus Reshford ishonib topshirdi.
“Albatta, har bir futbolchi xet-trikka erishishni xohlaydi, ammo APL doirasidagi so'nggi bahsdan keyin Markusga keyingi penaltini u amalga oshirishi borasida vada bergandim. Qolaversa, u CHempionlar Ligasining eng yaxshi to'purarlaridan biri hisoblanadi, shu sabab u o'ziga bo'lgan ishonchni saqlab turishi juda muhimdir. Agar jamoa gol ursa, penaltini kim tepishi muhim ahamiyatga ega emas”, deydi Fernandesh.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar