So’nggi yangiliklar

23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  0 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  95 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  12 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

Fergyusondan Runigacha yoxud "Everton" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar Yangiliklar

Fergyusondan Runigacha yoxud "Everton" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar

Angliyaning "Everton" jamoasi Rafael Benitesni istefoga chiqardi.

Bunga qaysidir manoda qayd etilgan salbiy natijalar sabab bo'ldi. Football.ua nashri “irislar”ning yangi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo'lgan mutaxassislar borasida material tayyorladi. Biz esa buni sizga taqdim qilmoqchimiz. 

Dankan Fergyuson

Keling, ehtimoliy nomzoddan boshlaylik. Dankan ayni paytda faqat zaxira va vaqtinchalik nomzod. Agar klub birorta mutaxassis bilan kelishuvga erishmasa, Fergyusson bosh murabbiyga aylanishi mumkin. 

Malumot uchun, Dankan Fergyuson 2014 yildan beri "Everton" murabbiylar shtabida ishlaydi. U nafaqat Rafael Benites va Karlo Anchelotti, balki Roberto Martines, Ronald Kuman, Sem Ellardays va Marku Silvaning ham jamoasida edi. 2019 yilda Silva ishdan olingan vaqtida Dankan vaqtincha bosh murabbiylik qildi.

Nunu Eshpiritu Santu

Nunu o'tgan yilning noyabr oyida "Tottenxem" bosh murabbiyligidan ishdan bo'shatildi, u klubni tark etishidan oldin Premer-ligada "oyning eng yaxshi murabbiyi" mukofotini oldi. Ha, "shporlar" lageridagi tajriba portugaliyalik mutaxassis uchun omadsiz bo'ldi.

Eshpiritu Santu "Tottenxem" taklifini qabul qilib, dastlabki xatoga yo'l qo'ydi, chunki 2021 yilning yozida u SHimoliy London klubining short-listining birinchi yarmiga ham kirmagan. Antonio Konteni taklif qilish imkoniyati paydo bo'lishi bilanoq "shporlar" portugaliyalikdan darhol qutulishdi.

Santu "Tottenxem"dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng murabbiylikka qaytishga tayyormi, degan savol tug'iladi, ammo "Everton"ga pragmatik futbol uslubiga ega mutaxassis kerak bo'lsa, portugaliyalik bosh murabbiylikka nomzodlar ro'yxatida bo'lishi kerak.

Paulu Fonseka

"Everton" bosh murabbiyi lavozimiga munosib bo'lishi mumkin bo'lgan yana bir portugaliyalik "SHaxtyor" klubi sobiq ustozi Paulu Fonseka bo'lib, u 2021 yilning may oyidan beri erkin agent maqomida.

Portugaliyalik mutaxassisning "Roma"dagi so'nggi faoliyati omadsiz kechdi. Bir tomondan, Fonseka qo'l ostida "bo'rilar" Evropa ligasi yarim finaliga qadar etib borgan bo'lsa, boshqa tomondan, o'tgan mavsumda ular A Seriya jadvalida bor-yo'g'i ettinchi o'rin va yangi tashkil etilgan Konferenciyalar ligasida ishtirok etish bilan kifoyalangan edi.

O'tgan yozda Fonseka hatto "Tottenxem"ni boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassis sifatida aytildi, lekin yakunda klub Antonio Konte variantini lozim topdi. 

Ronald Kuman

Kuman 2021 yilning oktyabr oyi oxirida qayd etilgan salbiy natijalar tufayli "Barselona" bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgan edi. 

U 2016 yildan 2017 yilgacha “Everton”ni boshqargan va hatto jamoani Evropa ligasi guruh bosqichiga olib chiqqandi. Hozirda rahbariyat Benites o'rniga Kumanni ham taklif qilishi mumkin. Har holda bu variant ham bor.

Rudi Garsiya

Rudi Garsiyaning Angliya Premer-ligasida ishlash bo'yicha tajribasi yo'q, chunki Rudi murabbiylik faoliyatining katta qismini o'z mamlakatining bir qator klublarida o'tkazgan. Uning Franciyadan tashqaridagi yagona jamoasi "Roma" bo'lib, u 2013 yildan 2016 yilgacha “bo'rilar”ni  boshqargan.

Ammo shunga qaramay, Garsiya erkin agentlar orasida eng etakchi mutaxassislardan biri hisoblanadi. 

Frenk Lempard

O'tgan yilning noyabr oyi oxirida "CHelsi" sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard “Norvich”da ish boshlashi mumkin edi. CHunki "kanareykalar" uzoq vaqt davomida qoniqarsiz natijalar ko'rsatgan Daniel Farkeni istefoga chiqargan edi. Farkning o'rniga asosiy nomzod sifatida Lempard tanlan olinib, tomonlar faol muzokaralar olib borishdi, lekin tom manoda so'nggi lahzada Lempard chempionatdan tushib ketish uchun asosiy davogarlardan biri bo'lgan “Norvich”ni boshqarishni istamadi. 

Lempard endi boshqa mutaxassislar qatori "Everton" rahbariyati tomonidan qisqa ro'yxatga kiritilgan. 

Ueyn Runi

"Everton"ning yangi bosh murabbiyi uchun yana bir nomzod klub tarbiyalanuvchisi Ueyn Runi bo'lib, u "Derbi Kaunti"ni boshqarmoqda. 

Aftidan, endi qadrdon klubiga qaytish uchun Runida ideal imkoniyat bor. 

Alohida aytish joiz, u sentyabr so'ngida "Derbi"ga sodiq ekanini aytib o'tgan edi. Ueyn o'z so'zlarida turadimi yoki u baribir "Derbi"dagi ishini tugatmasdan, klubni taqdir taqozosi bilan parchalab tashlab, lavozim bobida ko'tarilishni afzal ko'radimi? 

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика