Fergyuson APL tarixida ushbu natijani qayd etgan 4-futbolchiga aylandi
03 sen 2023 11:11
Yangiliklar


Fergyuson APL tarixida ushbu natijani qayd etgan 4-futbolchiga aylandi
"Brayton"ning 18 yoshli forvardi Evan Fergyuson kecha "Nyukasl"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.
Irlandiyalik hujumchi uchrashuvda jamoasining barcha gollariga mualliflik qildi, yakuniy hisob - 3:1.
SHu orqali u APL tarixida 19 yoshgacha xet-trik qayd etgan futbolchilar orasida to'rtinchiga aylandi. Bunga qadar Kris Bart-Uilyams, Robbi Fauler va Maykl Ouen (3 marta) ushbu natijaga erishgandi.
Fergyuson ushbu mavsumda 4 o'yinda 4 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar