Ferdinand: "Stounz ketishi kerak"
16 avg 2020 16:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587072_original.jpg)
![](/upload/storage/587072_220.jpg)
Ferdinand: "Stounz ketishi kerak"
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchilaridan biri Rio Ferdinand "Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounzga jamoasini almashtirishni taklif qildi.
"Stounz Angliya termasining asosiy futbolchilaridan biri edi. Hozir esa u Evro-2020da qatnashishi yoki qatnashmasligini ham bilmaydi. CHunki u hozirda jamoasining asosiy himoyachisi emas. Jon asosiy tarkib uchun kurashda Otamendi va Garsiyaga yutqazmoqda. U o'zini qo'lga olib, og'irlashayotgan holatni engillashtirishi kerak. Evro yaqinlashib kelayotganini inobatga olsak, tezda qaror chiqarish lozim.
Klubdan ketish - eng to'g'ri yo'l. Agarda u termada o'ynashni istasa, boshqa jamoaning asosiy himoyachisi bo'lishi lozim", - dedi Ferdinand.
Uning xizmatlariga "CHelsi", "Everton", "Nyukasl" va "Arsenal" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar