Ferdinand MYUga 2 futbolchini sotib olishni taklif qildi
10 iyu 2022 09:15
Yangiliklar
Ferdinand MYUga 2 futbolchini sotib olishni taklif qildi
Angliya TJ sobiq himoyachisi va TV ekspert sifatida faoliyat olib borayotgan Rio Ferdinand “Manchester Yunayted”ga qaysi futbolchilar kerakligini aytdi.
“Jamoaga Deklan Rays kerak. U maydon markazida ko'p foyda keltiradi. Deklan ancha yosh, ammo allaqachon etakchilik qobiliyatiga ega. Bunday toifadagi futbolchi “qizil iblislar”ga qo'l kelishi aniq.
Jud Bellingem haqida ham xuddi shunday fikrdaman. U “Borussiya D”da porlamoqda. Jud yoshligidanoq jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. Unga ishonish kerak va u jamoaga yangilik olib kira oladi”, deydi Ferdinand.
Fikrlar