Fellayni Mourinoning iltimosi qanday bo'lganini aytdi
07 okt 2018 10:41
Yangiliklar
Fellayni Mourinoning iltimosi qanday bo'lganini aytdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellayni "Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi bo'lim biz uchun juda ham qiyin boshlandi. Biroq tanaffusdan keyin biz agressiv o'yin ko'rsatishni boshladik va raqib jarima maydonchasi yaqinida ko'proq o'ynab, vaziyatlar yarata oldik.
Tanaffusda murabbiy bizdan erkak bo'lishimizni va qo'rqmasdan qattiq kurashishimizni iltimos qildi. Xursandman, uning aytganlarini bajara oldik", - dedi Fellayni.
Fikrlar