Fellayni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
08 mar 2019 12:11
Yangiliklar


Fellayni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
"SHandon Luneng" yarim himoyachisi Maruan Fellayni "tvitter"dagi sahifasida Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida elon qildi.
"Terma jamoada o'tkazgan 12 yilimdan so'ng xalqaro futboldagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bu qarorni qabul qilish oson bo'lmadi, biroq yosh belgiyaliklarga joy bo'shatish vaqti keldi deb hisobladim.
Faoliyatim davomida men bilan birga ishlagan insonlarga raxmat aytaman. Murabbiy va jamoaga Evropa chempionati saralashida omad tilayman. Raxmat, Belgiya" - deydi Fellayni.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar