Felipe Luis faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi aniq
22 iyu 2019 10:58
Yangiliklar


Felipe Luis faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi aniq
"Atletiko" bilan shartnomasi yaniga etgandan so'ng klubni tark etgan Filipe Luis faoliyatini o'z vatanida davom ettiradi.
"Matraschilar"ning sobiq futbolchisi buyog'iga "Flamengo" sharafini himoya qiladi.
"Men bolaligimdan beri "Flamengo"ga muxlislik qilaman", - deydi Filipe Luis "Vanda Metropolitano"dagi xayraluv so'zlarida.
33 yoshli qanot himoyachisi "Flamengo" bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekadi.
Bitim tez kunlarda elon qilinishi kutilmoqda. Luisning 30 iyunda "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etganidan so'ng u erkin agentga aylangan edi.
Braziliyalik 2018/19 yilgi mavsum La Ligada 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar