Feliksning "Atletiko"dan ketishi oydinlashmoqda. Uning raqami boshqa futbolchiga berildi
07 iyu 2023 20:51
Yangiliklar


Feliksning "Atletiko"dan ketishi oydinlashmoqda. Uning raqami boshqa futbolchiga berildi
"Atletiko"dagi 7-raqam Antuan Grizmannga berildi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Bunga qadar 5 mavsum davomida Joau Feliks ushbu raqam ostida harakat qilgandi.
Umuman olganda Grizmann faoliyatining katta qismini 7-raqamda o'tkazgan: 4 mavsum "Real Sosedad"da, 5 mavsum "Atletiko"da. "Barselona"dagi dastlabki mavsumini 17-raqamda boshlagan franciyalik futbolchi so'nggi ikki mavsumni 7-raqamda o'tkazdi.
Grizmann "Barselona"ga o'tganidan keyin Joau Feliks "Atletiko"da ushbu raqam ostida o'ynadi. Endi uning navbatdagi mavsumdagi taqdiri so'roq ostida bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar