So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Feliks Sanches: "Natija biz uchun quvonarli bo'lmadi" Yangiliklar

Feliks Sanches: "Natija biz uchun quvonarli bo'lmadi"

Elit OCHL 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:1) bahsidan so'ng Qatar jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- O'yin biz kutgandek qiyin bo'ldi. Bahs scenariysi biz kutgandek bo'lmadi. Birinchi bo'limdayoq vaziyatni o'nglab oldik. Ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng biz yaxshiroq o'ynashga intildik, ammo qizil kartochka o'z so'zini aytdi. Bunday holatlar kamroq sodir bo'lishi kerak va o'yin natijasiga tasir qilishi kerak emas. So'nggi daqiqalarda esa charchab qolgandik va tartib yo'qoldi. Avvalgi uchrashuvlarda etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'lmagan futbolchilarga bugun imkoniyat berdik va ular o'zini yaxshi taraflama namoyish etishdi. Endi keyingi muhim o'yinlarga etibor qaratishimiz kerak.

- Jamoangiz pley-off yo'llanmasini naqd qilib bo'lgandi. Bugungi uchrashuvdagi jamoa ishtiyoqi qanday edi?

- Dastlabki 6ta uchrashuv keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'ldi. Menimcha, biz ancha raqobatdosh jamoa ekanligimizni isbotlay oldik. Biz musobaqaning dastlabki bosqichini top-5da yakunlaymiz, top-8da emas. Mening maqsadim har doim yuqoriroq o'rinni egallash, ammo katta ehtimol bilan biz to'rtinchi yoki beshinchi o'rinni egallaymiz. Biz turli xil kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik. Musobaqadagi umumiy ishtirokimizdan qoniqdim. Bugun ham g'alaba qozonmoqchi edik, ammo natija biz uchun quvonarli bo'lmadi.

- Bugun sovuq havo bo'ldi. Ushbu jihat jamoangiz o'yiniga qanday tasir qildi? Qatar jamoalari uchun bunday iqlimda futbol o'ynash noqulaydek tuyuldi.

- Bunday jihatlar bizga bahona bo'la olmaydi. Biz har bir holatga ko'nikib ketishimiz kerak. Sovuq havo bugungi mag'lubiyatga sababi bo'la olmadi. Bunday darajadagi musobaqada har qanday holat ro'y berishi mumkin.

- "Paxtakor" bugun siz kutgandek o'yin namoyish etdimi yoki raqib bugun qandaydir kutilmagan yurish bo'ldimi?

- "Paxtakor" yangi bosh murabbiy bilan ishlashni boshladi va jamoa o'zgarib borayotgani aniq, lekin katta "syurpriz"lar bo'lmadi. Ular "Al Garafa"ga qarshi o'yinda ham shunday o'ynashga intilishgan edi. Yangi xorijlik futbolchi Riaskos bugun darvozamizga ikkita gol urib ketdi. Men "Paxtakor"ni qanday o'rganib chiqqan bo'lsam, ular hech qanday yangilik taqdim etdi.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика