Feliks Sanches: "Natija biz uchun quvonarli bo'lmadi"

Абдулвосит Бектемиров
18 fev 2025, 15:56
Elit OCHL 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:1) bahsidan so'ng Qatar jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- O'yin biz kutgandek qiyin bo'ldi. Bahs ssenariysi biz kutgandek bo'lmadi. Birinchi bo'limdayoq vaziyatni o'nglab oldik. Ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng biz yaxshiroq o'ynashga intildik, ammo qizil kartochka o'z so'zini aytdi. Bunday holatlar kamroq sodir bo'lishi kyerak va o'yin natijasiga ta’sir qilishi kyerak emas. So'nggi daqiqalarda esa charchab qolgandik va tartib yo'qoldi. Avvalgi uchrashuvlarda etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'lmagan futbolchilarga bugun imkoniyat byerdik va ular o'zini yaxshi taraflama namoyish etishdi. Endi keyingi muhim o'yinlarga e'tibor qaratishimiz kyerak.

- Jamoangiz pley-off yo'llanmasini naqd qilib bo'lgandi. Bugungi uchrashuvdagi jamoa ishtiyoqi qanday edi?

- Dastlabki 6ta uchrashuv keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'ldi. Menimcha, biz ancha raqobatdosh jamoa ekanligimizni isbotlay oldik. Biz musobaqaning dastlabki bosqichini top-5da yakunlaymiz, top-8da emas. Mening maqsadim har doim yuqoriroq o'rinni egallash, ammo katta ehtimol bilan biz to'rtinchi yoki beshinchi o'rinni egallaymiz. Biz turli xil kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik. Musobaqadagi umumiy ishtirokimizdan qoniqdim. Bugun ham g'alaba qozonmoqchi edik, ammo natija biz uchun quvonarli bo'lmadi.

- Bugun sovuq havo bo'ldi. Ushbu jihat jamoangiz o'yiniga qanday ta’sir qildi? Qatar jamoalari uchun bunday iqlimda futbol o'ynash noqulaydek tuyuldi.

- Bunday jihatlar bizga bahona bo'la olmaydi. Biz har bir holatga ko'nikib ketishimiz kyerak. Sovuq havo bugungi mag'lubiyatga sababi bo'la olmadi. Bunday darajadagi musobaqada har qanday holat ro'y byerishi mumkin.

- "Paxtakor" bugun siz kutgandek o'yin namoyish etdimi yoki raqib bugun qandaydir kutilmagan yurish bo'ldimi?

- "Paxtakor" yangi bosh murabbiy bilan ishlashni boshladi va jamoa o'zgarib borayotgani aniq, lekin katta "syurpriz"lar bo'lmadi. Ular "Al Garafa"ga qarshi o'yinda ham shunday o'ynashga intilishgan edi. Yangi xorijlik futbolchi Riaskos bugun darvozamizga ikkita gol urib ketdi. Men "Paxtakor"ni qanday o'rganib chiqqan bo'lsam, ular hech qanday yangilik taqdim etdi.



O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif