Qatar terma jamoasi ustozi Ekvadorga berilgan pullar haqidagi mish-mishlar borasida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
20 noya 2022, 00:49
Qatar terma damoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches Bas Evadorga qarshi bahs oldidan raqib futbolchilariga pora berilganligi haqidagi ma'lumotga fikr bildirdi.

"Bizga qarshi turli yolg'on ma'lumotlar paydo bo'ldi. Internet - juda qulay va bir paytning o'zida juda xavfli narsa.

Uzoq vaqt davomida mashg'ulotlar o'tkazib mundialga tayyorgarlik ko'rdik. Biz bir butun jamoamiz, hech kim tanqid orqali oramizg'a sovuqchilik tushira olmaydi. Mish-mishlar bizni sindirgani yo'q.

To'g'ri, mamlakatimizni ko'pchilik tanqid qilayotgani bizga yoqmaydi. Ammo futbol nuqtayi nazardan qaraydigan bo'lsak, JCH-2022ga tayyorgarlik juda yaxshi o'tgan" - deydi Feliks Sanches Bas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN