Feliks "Atletiko"da qolishi mumkin. Klublar 130-140 mln. evro to'lashga tayyor emas
02 jan 2023 23:22
Yangiliklar
Feliks "Atletiko"da qolishi mumkin. Klublar 130-140 mln. evro to'lashga tayyor emas
Joau Feliks joriy mavsumning qolgan qismini ham "Atletiko"da o'tkazadigan ko'rinadi.
Jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone bilan munosabatlar yaxshi bo'lmasada, Feliks yozgacha klubda qolishga majbur.
Futbolchining boshqa klubga o'ta olmayotganiga asosiy sabab - uning narxi: "Atletiko" Joau transferidan 130-140 mln. evro ishlab olmoqchi.
Feliksga qiziqayotgan hech bir klub bunday mablag' sarflashga tayyor emas. Sotib olish huquqi bilan ijaraga berish varianti ham ko'rib chiqildi, biroq potencial xaridor katta summaga tushib ketishi mumkin edi.
Bundan tashqari, "Atletiko"dagilarning fikricha, Joau hali ham jamoaga yordam bera oladi.
23 yoshli futbolchiga "CHelsi", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Feliks joriy mavsum LaLiganing 13ta o'yinida 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
Fikrlar