Fekir uchun kurashga “Bavariya” ham qo'shildi

2 iyun 2018, 09:10
“Lion” yetakchisi Nabil Fekir uchun kurash avjiga chiqmoqda.

Avvalroq Fekirning “Liverpul”ga o'tishi aytilgandi. Hozirda unga “Bavariya” ham da'vogarlik qilmoqda. Klub uni o'z safiga qo'shib olish uchun “Lion” so'ragan summani to'lashga tayyor.

Fekir Liga 1 ning yakuniga etgan mavsumida 30 o'yinda qatnashib, 18 ta gol urdi, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild