"FC 24" hafta ramziy termasini elon qildi, undan o'zbekistonlik futbolchi o'rin oldi
23 noy 2023 19:57
Yangiliklar


"FC 24" hafta ramziy termasini elon qildi, undan o'zbekistonlik futbolchi o'rin oldi
"FC 24" tomonidan hafta jamoasi elon qilindi.
Unga ko'ra, hafta davomida eng yaxshi reytingni "Barselona"ning ayollar jamoasi futbolchisi Aytana Bonmati va "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh oldi - 91.
Reytingning navbatdagi qatorida 87 ko'rsatkich bilan Nikolo Barella ("Inter"), Ronald Arauxo ("Barselona") va Kingsli Koman ("Bavariya") ham qayd etilgan.
SHuningdek, hafta davomida o'zini ko'rsatgan futbolchilar ro'yxatida O'zbekiston termasi futbolchisi Otabek SHukurov ham bor. U o'tgan haftadagi o'yini orqali 83 reytingga loyiqligini ko'rsatgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar