So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  0 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  39 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Fayziev qanday loyihani amalga oshirmoqchi? Yangiliklar

Fayziev qanday loyihani amalga oshirmoqchi?

Uzoq yillardan beri Farg'ona futbolida faoliyat olib borayotgan Hakim Jo'raevich Fayzievni farg'onalik muxlislar yaxshi bilishadi.

Jonkuyar futbol mutaxassisi joriy yilning yarmidan boshlab Farg'ona viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Kuni kecha Hakim Fayziev bilan uchrashib,  “Neftchi” futbol klubining rasmiy sayti uchun intervyu olishga muvaffaq bo'ldik. Mutaxassis suhbat davomida viloyat futbol federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida, shuningdek viloyatdagi iqtidorlarni katta futbolga jalb qilish to'g'risidagi loyihasi bilan bizni tanishtirdi.

– Sport sohasiga kirib kelishim “Neftchi” Sport majmuasidan boshlangan, – deya gap boshladi Hakim Jo'raevich.

– 2011-yili  esa Farg'ona viloyat futbol federaciyasiga mutaxassis sifatida keldim. Keyinroq ijrochi direktor lavozimiga o'tdim. Umumiy qilib aytganda, federaciyaga kirib kelishimning qisqacha tarixi shunday bo'lgan.  Bilasizmi, Farg'ona futboli iqtidorlarga juda ham boy hisoblanadi. Faqatgina, ularni vaqtida payqash va to'g'ri yo'nalish ko'rsatish biz kabi mutaxassislarning vazifasi sanaladi. Qaysidir hudud futbolini rivojlantirish uchun birinchi galda bolalar futboliga etibor qaratish lozim deb bilaman. Hozirgi kunda viloyatimizdagi BO'SMning ishini o'rganyapmiz. Ular bolalarga futbolning sir-asrorlarini qanday o'rgatishmoqda ? Barcha ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilganmi? Yosh iqtidorlar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berilganmi? Xullas, shu kabi savollarga javob olish maqsadida viloyatdagi barcha shahar va tumanlarga tashrif buyuryapmiz.



Toshloq tumaniga bordik.  Ishlar ancha yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bolalar futbol to'garaklari samarali ish ko'rsatmoqda. Qo'qon shahri va Uchko'prikka ham safar qildik. Ularning ishlari ham chakki emas. Uchko'prikda Erkinjon Oripov boshchiligida bolalar futboli uchun baza tashkil qilingan. O'g'il va qiz bolalar uchun alohida futbol maydonlari, echinish va yuvinishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Mashg'ulotlar maydonining sifati ham meni qoniqtirdi. Aslini olganda, bolalar futboli uchun sharoit mana shunday bo'lishi kerak. SHu holatda murabbiy ham yosh futbolchilar ham jarayondan chinakamiga zavq oladi. Aksi bo'lsachi ? Maydonning holati yomon, mashg'ulot hududida ortiqcha odamlarning bo'lishi va bolalar sonini keragidan ko'pligi ish sifatini yo'qotadi. 30 ta bolani jamlab olib, bitta murabbiy ularga nima bera oladi ? Aytarli xech narsa! Bu holat quruq to'pni bolalarga berib, maydonga qo'yib yuborgani bilan teng. Men bu fikr bilan bolalar sonini qisqartirilishi kerak demoqchi emasman. Aksincha, bolalarni ko'proq futbolga jalb qilish lozim. Lekin ularning yoshiga qarab alohida guruhlarga bo'lib o'tish lozim bo'ladi. To'g'ri, futbolda har bir bola bilan individual shug'ullanish qiyin masala sanaladi.  CHunki 14-15 nafar bolalardan qaysi biri bilan alohida shug'ullansin? Buning boshqa yo'li bor. Har bir guruhda baribir 2-3 ta iqtidorli ijrochi bo'ladi. Yani, uning ustida ishlasa kelajakda yaxshi futbolchi etishib chiqishi mumkin bo'lgan yosh iqtidorlarga alohida etibor qilish lozim. Bolaning ota-onasini chaqirib: “hurmatli ota-ona, bolangiz juda iqtidorli, uni albatta futbolga yo'naltirish kerak. Menga mablag'ingiz kerak emas. Faqat rozi bo'lsangiz, bola bilan yana qo'shimcha mashg'ulotlar tashkillaymiz, professional futbol selekcionerlariga tavsiya qilmoqchimiz” deya suhbatlashishi lozim.  Yosh iqtidorlarni katta futbolga olib kirish qanday bo'ladi. Ko'p narsa murabbiylarimizga ham bog'liqdir.

Yangi futbol mavsumi uchun ajoyib bir loyihani amalga oshirmoqchiman. Nasib qilsa, bu jarayon albatta muvaffaqitli chiqadi. Bundan faqat Farg'ona futboli yutishi mumkin. Tumanlarda yurib selekciya boshladim. Birinchi manzilim O'zbekiston tumani bo'ldi. Dastlab stadionning holati bilan tanishib chiqdim. So'ngra o'sha erdagi futbol to'garaklari jamoalari o'rtasidagi o'yinni to'liq tomosha qildim. 3 nafar futbolchi menga juda yoqdi va ularni ro'yxatimga kiritdim. SHu tarzda viloyatning ko'plab hududlariga safar uyushtirib, hozirgi kunga kelib, mening ro'yxatimdagi yosh futbolchilarning soni 70 taga etdi. Bu jarayonni Farg'ona viloyat futbol federaciyasi rasman nazoratiga olgan. Mazkur selekciya jarayoni nima uchun? Bu iqtidorli futbolchilar qishda viloyat  jamoalarining ko'rigidan o'tishadi. Agar murabbiylarga maqul kelsa, shartnoma imzolashlari mumkin. Viloyat futbol federaciyasi klublarning ichki ishlariga aralasha olmaydi. Lekin mana shu yoshlarni ko'rikdan o'tishi uchun sharoit yaratib beramiz.

Hozirgi kunda viloyat 2-ligasida ham qizg'in musobaqalar davom etmoqda. Jamoalarga moliyaviy qiyinchilik tug'ilmasin deb, Farg'ona va Qo'qon hududlari jamoalarini ajratib qo'yganmiz. Ayni paytda Farg'ona viloyati 2-ligasida 22 ta jamoa ishtirok etib kelmoqda.

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика