So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  4 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  1 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  5 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  6 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  6 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

Fayf-Konte. "CHelsi"da ishlagan barcha italiyalik murabbiylar Yangiliklar

Fayf-Konte. "CHelsi"da ishlagan barcha italiyalik murabbiylar

Yozda Antonio Konte Londonning "CHelsi" klubida ish boshlashidan xabaringiz bor.

Biz "aristokratlar" bilan ishlagan barcha italiyalik murabbiylar haqida malumot berishga qaror qildik.

Janluka Vialli (1998-2000 yillar)
1998 yil fevral oyida London klubi rahbariyati gollandiyalik Rud Gullitni istefoga chiqardi. Uning o'rnini 33 yoshli italiyalik Janluka Vialli egalladi. U jamoada o'ynovchi murabbiy sifatida ish boshlagandi. Vialli qo'l ostida "aristokratlar" o'sha mavsumning o'zida Angliya Liga kubogi, Evropa Kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritishgan. 2000 yilda Vialli "CHelsi" bilan Angliya kubogida zafar quchgandi. O'sha yil sentyabr oyida mavsumni yomon boshlagani uchun rahbariyat murabbiyni istefoga chiqarishga qaror qilgandi. U bilan birga jamoani Janfranko Dzola, Dide Desham va Dan Petresku kabi futbolchilar ham tark etishdi. Vialli murabbiy bo'lganida klub 143ta o'yin o'tkazgan shulardan 76tasida g'alaba qozongan va 38tasida durang o'ynagandi.



Kladio Raneri (2000-2004 yillar)
Ayni paytda "Lester" bilan APL chempionli sari dadil qadam tashlayotgan Raneri "CHelsi"da ishlaganini yoshi katta o'quvchilarimiz bilishadi. Aynan shu murabbiy davrida jamoaga Frenk Lempard, Emmanuel Peti, Uilyam Gallas, Jo Koul, Damyan Daff, Xuan Sebastyan Veron, Ernan Krespo, Klod Makalele, Adrian Mutu kabi yulduzlar kelgandi. "Aristokratlar" 4 yil davomida ushbu murabbiy boshchiligidagi hech qanday sovringa ega chiqa olishmagandi. 2002 yilgi Angliya kubogi finalida "Arsenal"ga imkoniyat boy berilgan. 2004 yilgi ECHL yarim finalida London klubi "Monako"ga yutqazib qo'ygandi. Raneri "CHelsi" postida 199ta o'yin o'tkazdi. SHulardan 107tasida g'olib chiqdi va 46tasida durang o'ynadi. 2004 yil may oyida uning "CHelsi"dagi faoliyati yakuniga etdi. Uni o'rnini Joze Mourino egalladi.



Karlo Anchelotti (2009-2011 yillar)
"CHelsi"da ishlagan uchinchi italiyalik murabbiy bu Karlo Anchelotti hisoblanadi. 2009 yil iyun oyida jamoani qabul qilib olgan murabbiy avgust oyida Angliya Superkubogi uchun bahsda "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib ilk sovringa ega chiqqandi. 2010 yil may oyida Anchelotti "CHelsi" bilan Angliya chempioni sovriniga ega chiqadi. Klub 38ta tur davomida raqiblari darvozasiga 103ta gol urishga erishadi. Undan oldin 1963 yilda "Tottenxem" bir mavsumda 100tadan ortiq gol urgandi. Karlo Anchelotti APLda chempion bo'lgan ilk italiyalik murabbiyga aylangandi. O'sha yil 15 mayida "aristokratlar" "Uembli"da "Portsmut"ni mag'lub etib Angliya kubogini qo'lga kiritishdi. Birinchi mavsumda jamoa ECHLda 1/8 finalida "Inter"ga, ikkinchi mavsumda chorak finalda "Manchester Yunayted"ga imkoniyat boy berib qo'yilgandi. 2011 yilgi mavsumda APLda "CHelsi" MYUdan keyingi ikkinchi o'rinni band etgandi. 2011 yil 22 may sanasida "Everton"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Anchelottiga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Unga tovon puli sifatida 6 million funt sterling to'langan edi. Anchelotti boshchiligida jamoa jami 109ta o'yin o'tkazib 67ta g'alaba va 20ta durang qayd etdi.



Roberto Di Matteo (2012 mart - 2012 noyabr)
2012 yil mart oyida italiyalik Roberto Di Matteo portugaliyalik Andre Villash Boashning o'rniga bosh murabbiy etib tayinlandi. Unga qadar Di Matteo bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlab kelayotgan edi. U qisqa vaqt ichida ishlab "CHelsi" tarixiga kira oldi. Aynan ushbu murabbiy boshchiligida London klubi ilk bor Evropa chempionlar ligasi g'olibiga aylangandi. Yarim finalda "Barselona", finalda "Bavariya" taslim etilgandi. Bundan tashqari 2012 yil "CHelsi" Angliya kubogini ham o'ziniki qilgandi. Finalda "Liverpul" mag'lub etilgandi. Yozda rahbariyat unga 2 yillik to'laqonli shartnoma taklif qilishgan. 2012 yil kuzida "CHelsi" ECHL guruh bosqichida "Yuventus" va "SHaxtyor"dan keyingi o'rinni egallab pley-offga chiqa olmaganidan so'ng London klubi Di Matteoni istefoga chiqarishga qaror qilgandi. Di Matteo "aristokratlar"ni 42ta uchrashuvda maydonga olib tushgan va 24ta g'alabaga erishgandi. 9 o'yinda durang qayd etilgan va 9ta o'yinda imkoniyat boy berilgandi.


Antonio Konte (2016 yil iyul oyidan boshlab)
2004 yil futbolchilik faoliyatini "Yuventus"da yakunlab 2006 yildan murabbiylik bilan shug'ullanib kelayotgan Konte 10 yil davomida katta yutuqlarga erishga oldi. "Arezzo", "Bari", "Atalanta", "Siena" kabi Italiyaning u qadar nomdor bo'lmagan klublarida ishlagan murabbiy 2011 yil yozida "Yuventus" "tepasiga" keldi. Unga qadar "Bari" bilan B seriyada chempion, "Siena" bilan B seriyada ikkinchi o'rinni egallagandi. Turin klubida esa ketma-ket uch bor Italiya chempioni bo'ldi. 2012 yil Italiya kubogi finaliga qadar etib bordi. 2012 va 2013 yillarda Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi. Ketma-ket uch yil davomida Italiya A seriyasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 2014 yil yozida Italiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. U boshchiligida "Skuadra Adzurra" Evropa chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Franciyadagi qita birinchiligidan so'ng Konte Londonga yo'l oladi va "CHelsi"dagi faoliyatini rasman boshlaydi. Konte "CHelsi"da beshinchi italiyalik bo'ladi. Uning faoliyati qanday kechishini vaqt ko'rsatib beradi.

 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика