Fatining tovon puli oshiriladi
03 avg 2020 19:20
Yangiliklar


Fatining tovon puli oshiriladi
"Barselona" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Anssumane Fatini qo'yib yubormoqchi emas, ammo futbolchini boshqa klublarning qiziqishlaridan himoyalamoqchi.
Eslatib o'tamiz, 17 yoshli xavbekning katalon klubi bilan imzolangan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, uning tovon puli ayni paytda 170 million evroga teng. "Barselona" mutasaddilari Fatining maoshini sezilarli ravishda oshirish, shuningdek, unga belgilangan tovon puli miqdorini 400 mlnga ko'tarish to'g'risida o'ylashyapti.
"Ko'k-anorranglilar" allaqachon o'yinchining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Xabaringiz bor, La Liganing joriy mavsumida 7 ta gol urgan futbolchi uchun "Manchester Yunayted" klubi 150 mln evro taklif qilgani to'g'risida ham xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar