So’nggi yangiliklar

14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  1 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2

Farrux Zokirov: "Neftchi" yana Oliy ligaga qaytdi Yangiliklar

Farrux Zokirov: "Neftchi" yana Oliy ligaga qaytdi

Bugun Farg'ona shahridagi "Futbol markazi" maydonida futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati Birinchi liga musobaqalarining 2-davra uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 Mazkur o'yinda Farg'onaning "Neftchi" va Samarqandning "Dinamo" futzal jamoalari o'zaro to'qnash keldilar. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tgan o'yin 2:2 hisobida jangovor durang natija bilan yakuniga etdi. Ushbu natija Farg'ona jamoasiga Oliy liga yo'llanmasini taqdim etdi.

Biz mazkur uchrashuv yakunida "Neftchi" futzal jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zokirovning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Neftchi" futzal jamoasini yana Oliy ligaga qaytarish uchun astoydil harakat qildik"- deydi Farrux Zokirov. "Bu yilgi Birinchi liga musobaqalari ikki davrali tizimda tashkil etildi. Birinchi davrani Samarqandda o'tkazdik, u erda 3 ta yutuq va 1 durang natija qayd etdik. Ikkinchi davraga Samarqandning "Dinamo" futzal jamoasi bilan bir xil natija ko'rsatgan xolda etib keldik. Farg'onada tashkil etilgan ikkinchi davra o'yinlarida Oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdik.

Bu yo'lni bosib o'tishda bizga "Neftchi" futbol klubi rahbariyatiga yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sentyabr oyida boshlanadigan Oliy liga bahslariga ham klubimiz rahbariyati, shuningdek viloyatimiz hokimi Xayrullo Xayitbaevich Bozorov tomonidan ham yaxshi sharoitlar yaratib berishlariga ishonamiz. Viloyatimiz hokimi futzalni yaxshi ko'radilar va muntazam ravishda qo'llab-quvvatlab kelishadi. Yaqinda Farg'ona shahrida futzal musobaqalarini o'tkazish uchun "Samo" arenasi ishga tushish arafasida turibdi. Bizni qo'llab-quvvatlagan barcha insonlarga, klubimiz rahbariyati va vakillariga, Farg'ona viloyati futbol associaciyasiga, shuningdek jamoamiz muxlislariga minnatdorchilik bildiramiz.

Oliy liga musobaqalarida asosan vodiylik yosh futzalchilarni tarkibimizga jalb etishni maqsad qilganmiz. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida futzalni juda yaxshi o'ynaydigan iqtidorlar ko'p. Jamoamiz bilan kelishgan xolda yoz oylarida suniy maydonlarda mashg'ulot o'tkazamiz. SHuningdek futzalga oid qanday musobaqa bo'lsa "Neftchi" jamoasi bilan borib qatnashgan xolda ushbu musobaqalarda selekciya jarayonlarini davom ettiramiz. Sentyabr oyiga qadar Oliy liga musobaqalarida ishtirok etadigan raqobatbardosh jamoa tuzib olishga harakat qilamiz" - deydi "Neftchi" futzal jamoasi bosh murabbiyi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика