So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Farrux SHotursunovning dubli "Mashal"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Farrux SHotursunovning dubli "Mashal"ga g'alaba keltirdi

Farg'ona shahrida “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”da ishtirok etayotgan "Mashal-2" jamoasi bugun 3-turda “Qo'qon-1912-2” jamoasiga qarshi o'tkazib 2-1 hisobida g'alaba qozondi.

Har ikki jamoa o'yinni ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. Mashal jamoamizning birinchi hujumidayoq vaziyat gol bilan yakunlanishi mumkin edi.  Kichik Gazchilarning bergan zarbasini raqib darvozaboni mahorat bilan bartaraf etdi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib, ustunlik sekin-asta raqib tomoniga o'tdi. Qo'qonliklar “Gazchilar” darvozasi oldida ketma-ket hujumlar tashkil etishdi. Ammo barcha urinishlar besamar yakunlanaverdi. 30-daqiqada Mashal  hujumchisi Farrux SHotursunov darvozabon bilan birga – bir vaziyatga chiqib borib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Oradan uch daqiqa o'tib, muvozanat tiklandi. Raqiblarimiz futbochisi ildamroq harakat qilgan, Andrey Sidirov  darvozamizni ishg'ol etdi. Birinchi bo'lim shu hisobda intiho topdi.

Ikkinchi bo'limda “Mashal” jamoamiz o'yinni  yaxshi boshlashdi. 62-daqiqa raqibilarimiz darvozamiz oldida xavfli vaziyat vujudga keltirishdi. Orif Mamajonovning zarbasidan keyin posbonimiz to'pni o'shlab olishda xatolikka yo'l qo'ydi. Ammo tezda xatosini to'g'irladi. 69-daqiqaga kelib penalti tepish huquqiga ega bo'ldik, SHotursunovning o'n bir metrli nuqtadan bergan zarbasini Abdullaev qaytardi. Ammo qaytgan to'pni Farruxning o'zi darvozaga aniq yo'llab, jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

Uchrashuv shu hisobda yakun topdi. "Mashal" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

 “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” “D” guruhi

3-tur
“Mashal-2” – “Qo'qon-1912-2” – 2:1 (1:1)
Gollar:
Farrux SHotursunov-30, 69. – Andrey Sidirov-33.

“Mashal-2”: 35. Javohir Ilyasov, 33. SHahzod Abdurahimov, 2. Iskandar SHoyqulov, 8. Mirzakamol Kamolov, 29. Jamoliddin Ubaydullaev, 17. Vladislav Pavlenko, 13. SHahzod SHaymanov, 19. Maqsad Muhammedov, 27. Farrux SHotursunov, 6. Abbos Amonov, 96. SHoxrux Dostonov.
Zaxira: 30. Botir Nosirov, 9. Xumoyun Murtazoev, 28. Maradona Safarov, 22. Jonibek Mirzaqulov, 55. Avaz Agaliev.

“Qo'qon-1912-2”: 30. Islom Abdullaev, 6. Islom Karimov, 8. Ibrohim Rahimov, 10. Iqbol Malikjonov, 11. Ibrohim Muxtorov, 14. Muhammadanas Hasanov, 15. Maruf Zokirjonov, 17. Andrey Sidorov, 19. SHoxrux Xolmatov, 22. Orif Mamajonov, 27. Ismoil Oxunjonov.
Zaxira: 1. Suxail Jumaboev, 2. Ramzbek Isaqov, 4. Sardor Isaqov, 5. Doniyor To'lashev, 21. Doston Meliqo'ziev, 25. Dilshod Baratov, 26. Ibrohim Ahmadjonov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика