Farrux Ikromov: "So'g'diyona" va "Nasaf" bilan o'yin bunday oson o'tmasligi aniq"
21 apr 2021 12:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632585_original.jpg)
![](/upload/storage/632585_220.jpg)
Farrux Ikromov: "So'g'diyona" va "Nasaf" bilan o'yin bunday oson o'tmasligi aniq"
Birinchi liga vakili "Rubin" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda muxlislar gollar shousiga guvoh bo'lishdi. Maydon egalari raqib darvozasiga javobsiz 10 to'p kiritgan o'yindan so'ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Farrux Ikromov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Superligada ketma-ket ochko yo'qotishlardan so'ng kubok bahslarida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Muxlislarimiz oldida qarzimiz bor edi. Ularga g'alaba tortiq qilishni niyat qilgandik. O'yin yaxshi o'tdi. 10ta gol urishimizni nima uchun kutmasligmiz kerak edi? Bunday holat bo'lib turadi. Mashg'ulotlarda astoydil ishladik. Raqib ham birinchi liga vakili bo'lganini etiborga olish lozim. "So'g'diyona" va "Nasaf" bilan bunday oson o'yin bo'lmasligi aniq. Ular bilan kechadigan bahslar bu o'yindan farq qiladi",- deydi Ikromov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar