So’nggi yangiliklar

12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  0 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  6 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  7 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0

Farruh Zokirov bilan intervyu Yangiliklar

Farruh Zokirov bilan intervyu

Farg'onalik sobiq futzalchi, ayni damda murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Farrux Zokirov bilan saytimiz muxbiri uchrashib, intervyu oldi.

Quyidagi ushbu intervyu bilan tanishishingiz mumkin.

"Futzalga dastlab 1999-yili III O'zbekiston chempionati orqali kirib kelganman. Dastlab bu chempionatda “Dinamo-Sprint" jamoasi safida o'ynaganman.  keyinchalik Farg'ona Politexnika instituti qoshida tashkil etilgan "FarPolitex" nomli talabalardan tashkil topgan jamoada 2004-yilga qadar maydonga tushdim. Bu jamoada marhum SHavkat Maxsumov bosh murabbiylik qilganlar, futzaldagi dastlabki bilim va malakalarimni aynan ushbu murabbiy qo'l ostida olganman.

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi safiga 2000-yilga kelib chaqiruv oldim. 2002-yili Indoneziya davlatida bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etdim. Terma jamoa haqida menda iliq taasurotlar qolgan. CHunki o'sha davrda futzali rivojlangan xorijiy davlatlarda, masalan Eketarinburgda, Astana kabi shaharlarda yig'inlar tashkil etganmiz va kuchli futzalchilarga qarshi maydonga tushish imkoniyati bo'lgan. Bundan tashqari Eron, Yaponiya, Indoneziya, Tayland, Malayziya kabi futzali rivojlangan davlatlarda o'tkazilgan Osiyo chempionatlarida ishtirok etganman, bizning terma jamoamiz juda ahil va inoq edi. 

Yana aytadigan bo'lsam Braziliya, Ispaniya, Italiyada ham terma jamoamizning xorijiy yig'inlarida ishtirok etganman va ushbu mamlakatlar terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushganman. Umuman olganda futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi haqida yorqin xotiralar qolgan. Yodimda qolgan kuchli xorijlik futzalchilar haqida aytadigan bo'lsam, eronlik Haydarian va Voxid SHamsoilarni alohida takidlagan bo'lardim, sababi bu futzalchilar o'z davrida juda yorqin o'yin namoyish etishgan. Hozirgi davrda Rikardino va Falkaolarni eng kuchli xorijlik futzalchilar deb hisoblayman.
O'zbekistonda qo'shni davlatlar bilan xamkorlik aloqalarini rivojlantirishga, do'stona munosabatlarini yanada shakllantirishga alohida etibor qaratilmoqda. SHundan kelib chiqqan xolda biz ham qo'shni Qirg'iziston, Qozog'iston davlatlarining futzal jamoalari bilan o'zim bosh murabbiylik qilayotgan jamoa futzalchilarini jismoniy xolatini ushlab turish maqsadida qishki yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etmoqdamiz. SHuningdek, hozirgi kunda OFK instruktori Avaz Maksumov bilan birgalikda  futzal murabbiylariga LEVEL 1 toifasidagi licenziya beruvchi maxsus kurslarda instruktor yordamchisi sifatida ishtirok etmoqdaman" - deydi Farruh Zokirov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика