So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

"Savollar bormi?" loyihasining ilk mehmoni Farruh Sayfiev o'zidan kim kuchli ekanligini aytib o'tdi Yangiliklar

"Savollar bormi?" loyihasining ilk mehmoni Farruh Sayfiev o'zidan kim kuchli ekanligini aytib o'tdi

"Paxtakor" klubi Championat.asia sayti bilan hamkorlikda shou loyihasiga qo'l urdi.

Unda birinchi bo'lib O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Farruh Sayfiev bilan muxlislardan kelgan savollar asosida suhbat tashkil qilindi. 

Suhbat so'nggida "Fara" keyingi qahramon sifatida, do'sti Eldor Suyunovni tanladi. Endigi savollarni darvozabon uchun yig'amiz, u ham Sayfiev kabi 7ta eng qiziq savolni aniqlaydi va yakunda Farruh Sayfievning 7 kishilik muxlislar jamoasi, Eldor Suyunov jamoasiga qarshi shou o'yinida maydonga chiqadilar.



- Tasavvur qiling: siz faoliyatingiz so'ngida legioner sifatida Evropaning o'rtamiyona jamoasida to'p tepyapsiz. Intervyularingizdan birida "O'zbekistonga qaytsam, yarim mavsum o'ynayman va shundan so'ng butsalarimni mixga ilaman" degansiz. Sizga 4 ta klubdan taklif tushdi. Bular – o'zingiz tug'ilib o'sgan viloyatingiz jamoasi "Dinamo", futbolchi bo'lishingizga katta yordam bergan ""Mashal", Farruh Sayfiev bo'lib tanilishingizga sababchi bo'lgan "Nasaf" hamda yuqori darajaga chiqib, legioner bo'lishingizga xizmat qilgan "Paxtakor". CHuqurroq tasavvur qilamiz, birinchi davradan keyin ularning ochkosi deyarli bir xil va chempionlik uchun aynan shu klublar kurashishmoqda. Siz qaysi birini tanlagan bo'lardingiz? (Oflayn UZB Xajji)

- Menimcha, ulardan birortasini tanlamasam kerak. Qaytgach, darhol butsalarimni mixga ilaman. CHunki birinchidan, Samarqand tug'ilib o'sgan shahrim. Ikkinchidan, "Mashal" akademiyasida etishib chiqqanman. Uchinchidan, "Nasaf"da futbolchi sifatida tanilib, o'sdim. To'rtinchidan, "Paxtakor"da yana ham yaxshi futbolchi sifatida etishib chiqdim deb o'ylayman. Juda qiyin vaziyat bu.

- Nima uchun "Nasaf"ga qarshi o'yinlarda alamzada holatda to'p tepasiz. To'g'ri, buni tushunaman, ishingiz shunday. Biroq Eldor Suyunov va boshqa sobiq "Nasaf" futbolchilarida bu sezilmaydi... (Jonibek Nazarov)

- Maydonga faqat "Nasaf"ga qarshi emas, barcha jamoalar bilan o'yinlarda hissiyotlar bo'ladi. Uchrashuv yakunlangach bu narsa yo'qoladi. Hamma o'yinda shunday.

- Agar "Navbahor"ga gol ursangiz, uni "Navbahor" muxlislari oldida nishonlashdan qo'rqmaysizmi? (8181)

- Yo'q, albatta. Nimadan qo'rqishim kerak? 2019 yil "Navbahor" bilan o'yinda stadion muxlislar bilan to'la edi. 3:3 o'ynaganmiz. Uchinchi golni urganimda nishonlaganman.

- Bugungi Farruh Sayfiev 10 yil avvalgi Farruh Sayfievga kuchli bo'lish, xatolarini takrorlamaslik uchun qanday maslahat bergan bo'lardi? (Yunus Rustamov)

- Mehnat, faqat mehnat qilish. O'sha paytda sharoitlar hozirgidek bo'lmagan. Qiynalgan vaqtimiz ko'p bo'lgan. Balki shu sababdir. 

- Osiyo Kubogi-2015 da hakam nega sizga sariq kartochka ko'rsatgandi? Siz zaxira o'rindig'ida edingiz... (Roberto Badjo)

- Bizga qarshi qo'pollik ishlatilgandi. Zaxiradagi futbolchilar etiroz bildirib, maydonga tushib ketishga juda yaqin kelganmiz. Hakam ko'pchilik futbolchilar ichidan aynan meni payqab qolib, ogohlantirgandi.

- "Nasaf"da to'p tepgan paytlaringizda ko'p tanqidga uchrar edingiz. Ro'ziqul Berdievdan nima uchun sizni maydonga tushirayotganini so'rashganda, murabbiy maqtar edi. Faqatgina mahallada futbol o'ynamagani bilinib qolyapti, degandi. SHunda aynan qaysi xislatingizga qarab bunday javob bergandilar? (Habibullo Hallilaevich)

- Kunimiz futbol bilan o'tgan. Bolalar sport maktabida mashg'ulot o'tkazganimizda ham, mahallada futbol o'ynardik. 

- Onangizga birinchi maoshingizdan nima sovg'a qilgansiz? (Farhodova Sevinch, Soliha Nuriddinovna)

- Maoshimni onamga olib borib berganman. 

- Sizga Xudo tomonidan berilgan oliy nemat nima deb o'ylaysiz? 

- Eng oliy nemat – Alloh taolo bizni musulmon qilib yaratgani. 

- O'zingizni 7 ta avlodingizni bilasizmi? Yani shajara. O'zingizni sinab ko'ring-chi? (Uzbekxan)

- Ochig'i, qiziqmagan ekanman. 

- Farruh Sayfiev bolalikdan "Paxtakor"da o'ynashni orzu qilganmi yoki transfer orqali poytaxt klubiga kelib qoldimi? (Chief Accountant)

- Har bir futbolchi yoshligidan yaxshi klublarda o'ynashni orzu qiladi. SHartnomam tugayotgan palla mavsum oxirida "Paxtakor"dan taklif bo'lgan. Jafar Irismetov qo'ng'iroq qilganlar. SHundan keyin shartnoma tuzdik. 



- Yaxshi sport formasidagi Vitaliy Denisov va xuddi shunday holatdagi Farruh Sayfiev. Qaysi biri kuchliroq? (Muslim)

- Albatta, Vitaliy Denisov. Top-klublarda o'ynagan. Real olib qaraganda ham Denisov. 

- Jamoalarimizda murabbiylar tez-tez almashadi. Mazkur holat to'g'rimi yoki noto'g'ri? Har bir murabbiyning o'z uslubi va talabi bor. Bu sizlarga qiyinchilik tug'dirmaydimi? Murabbiylar o'zgarishi natijasida futbolchilarimiz o'z o'yinini yo'qotib qo'yadi-ku. Bunga qanday qaraysiz? (Muslim)

- Albatta, bu tasir qiladi. Mavsum boshida bitta murabbiy o'z taktikasini olib kiradi. Unga futbolchilar moslashishi kerak. Murabbiy natija qilmaganidan keyin ishdan olishadi. Uni ham boshqa taktikasi bor. Moslashish vaqt talab qiladi. 

- Men bir necha bor mashqlar jarayonidan keladigan videolavhalarni ko'rib, siz va Eldor Suyunov orasida turli hazil, qiziq voqealarga guvoh bo'laman. Eldor bilan do'stligingiz necha yillardan beri davom etib keladi? (Erkin Ishmuxamedov)

- Bu 2007 yildan beri. Eldor bilan "Mashal" akademiyasiga borganimda tanishganman. 

- Aka bitta forma kerak edi. Yordam qilib yuborin. Pulini beraman. O'zim qashqadaryolikman, "Paxtakor" muxlisiman... (Adhambek)

- Bo'ldi. SHu kishiga bitta libos sovg'a qilamiz.

- Sizdan keyin odamlar siz haqingizda qanday eslashlarini istardingiz? (Bobur)

- Albatta, yaxshi inson sifatida. 

- Farruh Sayfiev sotib olingan o'yinlarda qatnashganmi?

- Bu narsa bo'lmagan, bo'lmaydi ham. Undan ko'ra futbolni yig'ishtirib qo'yganim yaxshi. 



- O'zbek futbolini tizimli qilish uchun nimalar qilish kerak? Bu haqda turli funkcionerlar, jurnalistlardan eshitganmiz. Biroq menga futbolchining fikri qiziq. CHunki sizlar har doim shu narsa bilan to'qnash kelasizlar... (Avaz Ishmuhamedov)

- Birinchi o'rinda – halollik. Ikkinchi o'rinda chempionatimizni kuchaytirishimiz, yaxshi saviyadagi futbolchilarni olib kelishimiz kerak. 

- Samarqand tizimida nimani o'zgartirishimiz kerak?

- Samarqandda bo'lganimda 4-5 ta yaxshi maydon barpo qilardim. "Dinamo"ni olsak, klubning mashg'ulot maydoni yo'q. Futbolda mayda kamchilik bo'lmaydi. O'sib kelayotgan yoshlarimizga avvalo maydon qilish lozim.  

- O'yin vaqtida yo'l qo'ygan xatongiz sabab stadiondagi muxlislardan kelgan etirozlarni qanday qabul qilasiz? (Toxir)

- Tribunadan bo'ladigan narsalarga etibor bermaslikka, o'z ishimni qilishga harakat qilaman.

- JCH-2022 saralashining so'nggi hal qiluvchi raundida Vadim Abramov nima uchun sizni tarkibga jalb qilmaganini hamon tushunmayman... (Akitnamor)

- Olib ketmaganidan keyin 3-4ta sayt yozdi. Ketishimizdan oldin "Bunyodkor" stadionida Turkmaniston bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'lgandi. O'yindan keyin mehmonxonaga kelib, kechki ovqatdan so'ng Karlenovich oldiga chaqirib, sen qolasan, dedi. Kimni olib ketishni murabbiy hal qiladi. 

- "Dinamo" har yili oxirgi o'rinlarda yuradi. Pro ligada bir yil, Superligada bir yil qatnashadi. Jamoani muxlisi sifatida "Dinamo"ni kuchli beshlikda yurishini istayman... (Bekzod)

- Yaxshi savol. Fikrimcha, Samarqanddek shaharda yaxshi klub bo'lishi kerak. Har yili Pro ligada, Superligaga chiqadi va yana tushib ketadi. Tizim yo'lga qo'yilmagan, deb o'ylayman. "Dinamo"ni muxlislari Namangannikidan qolishmaydi.



- Futbol yo'lidagi eng yodda qolarli qiyinchilik, og'ir vaziyatlarni aytib bersangiz... (Raskoln)

- Qiyinchilik ko'p bo'lgan. Sabr qilganmiz. Futbolchi shunday pallada sabr qilsa, nimagadir etishishi mumkin. 2007 yil "Mashal" akademiyasiga borganimda, ko'rikdan o'tganmiz. Oqsoqlanib yurganman. SHu oyoq bilan 3 yil chidagan ekanman. 2010 yil jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdim. To'rt yildan so'ng yana bir jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdim.




Yakunda futbolchidan o'ziga yoqqan 7 ta savolni ko'rsatib o'tishi so'raldi. Himoyachi quyidagi savollar manzur kelganini qayd etdi.

1. JCH-2022 saralashining so'nggi hal qiluvchi raundida Vadim Abramov nima uchun sizni tarkibga jalb qilmaganini hamon tushunmayman... (Akitnamor) 

2. Futbol yo'lidagi eng yodda qolarli qiyinchilik, og'ir vaziyatlarni aytib bersangiz... (Raskoln)

3. Aka bitta forma kerak edi, yordam qivoring, pulini beraman. Aka, o'zim qashqadaryolikman, "Paxtakor" muxlisiman. (Adhambek)

4. Osiyo Kubogi-2015 da hakam nega sizga sariq kartochka ko'rsatgandi? Siz zaxira o'rindig'ida edingiz... (Roberto Badjo)

5. Men bir necha bor mashqlar jarayonidan keladigan videolavhalarni ko'rib, siz va Eldor Suyunov orasida turli hazil, qiziq voqealarga guvoh bo'laman. Eldor bilan do'stligingiz necha yillardan beri davom etib keladi? (Erkin Ishmuxamedov)

6.  "Navbahor"ga gol uradigan bo'lsangiz Navbahor muxlislari oldida nishonlashga qo'rqmaysizmi? (8181)

7.  Tasavvur qiling: siz faoliyatingiz so'ngida legioner sifatida Evropaning o'rtamiyona jamoasida to'p tepyapsiz. Intervyularingizdan birida "O'zbekistonga qaytsam, yarim mavsum o'ynayman va shundan so'ng butsalarimni mixga ilaman" degansiz. Sizga 4 ta klubdan taklif tushdi. Bular – o'zingiz tug'ilib o'sgan viloyatingiz jamoasi "Dinamo", futbolchi bo'lishingizga katta yordam bergan ""Mashal", Farruh Sayfiev bo'lib tanilishingizga sababchi bo'lgan "Nasaf" hamda yuqori darajaga chiqib, legioner bo'lishingizga xizmat qilgan "Paxtakor". CHuqurroq tasavvur qilamiz, birinchi davradan keyin ularning ochkosi deyarli bir xil va chempionlik uchun aynan shu klublar kurashishmoqda. Siz qaysi birini tanlagan bo'lardingiz? (Oflayn UZB Xajji)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика