So’nggi yangiliklar

00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  32 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  169 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4

Farhod Tojiev: "O'zbekiston bu Osiyo Kubogida har galgidan yaxshiroq imkoniyatga ega" Yangiliklar

Farhod Tojiev: "O'zbekiston bu Osiyo Kubogida har galgidan yaxshiroq imkoniyatga ega"

O'zbekiston terma jamoasi bir necha kundan so'ng Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi.

Vakillarimiz guruh bosqichining ilk turida Suriyaga qarshi maydonga chiqadi. Muhim bellashuvlar oldidan O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchilariga mikrafon tutmoqdamiz. Buni o'quvchilarimiz sezib ulgurishgan. Musobaqa starti oldidan taniqli sobiq hujumchi Farhod Tojievning fikrlari bilan qiziqdik. 


"Hozirda terma jamoamiz ahil va yaxshi holatda, deb o'ylayman. Futbolda birdamlik ko'p narsani hal qilishi mumkin. Umuman olganda terma jamoamiz so'nggi bahslarda o'z o'yini bilan muxlislarni xursand qilmoqda. Meksika, Eron kabi kuchli raqiblar bilan o'ynay olyapmiz. Yoshlar ham o'zini ko'rsatyapti. O'ylashimcha, bu Osiyo Kubogida imkoniyatlarimiz har galgidan yaxshi. 

SHomurodovning yo'qligi baribir tasiri bo'ladi. Lekin qolganlar o'rnini bilintirmaslikka intiladi. Igor Sergeev yaxshi formada. Undan ko'p narsa kutyapman. Bobir Abdixoliqov, Aziz Amonov ham raqobat qilishadi. Yuz foiz o'rnini yopa olmaydi-yu, lekin harakat qilishadi",- deydi Farhod Tojiev. 


Malumot uchun, Farhod Tojiev O'zbekiston terma jamoasi libosida 17ta uchrashuvda maydonga tushgan va 5ta gol urgan. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика