So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

Farhod Magometov: "Achinarlisi, ayrim klublarimiz hali ham licenziyalash nima ekanligini tushunib etishmayapti" Yangiliklar

Farhod Magometov: "Achinarlisi, ayrim klublarimiz hali ham licenziyalash nima ekanligini tushunib etishmayapti"

2014 yil PFL oliy liga klublariga yanada qattiqroq talablar qo'ymoqchi. Bu haqda PFL direktori Farhod Magometov quyidagilarni aytib o'tdi.
"Aksariyat klublarimizda sohaning malakali, o'z ishini biladigan kadrlari etishmayapti. Bitta odam bir nechta mutaxassisning ishini bajaryapti. Bunday bo'lishi mumkinmi? Vaholanki, o'zining ishini eplay olmaydi. SHu paytgacha klublarga yon bosib, vaziyat o'zgarib qolar, deb iltifot ko'rsatib keldik. Bu yog'iga endi shafqat yo'q. Bu erda klub rahbarlari ham o'tirishibdi. O'z klublaringizning moddiy texnik bazasini yaxshilamas ekansiz, PFL tomonidan jiddiy choralar qo'llaniladi. Katta miqdordagi jarimalar solinadi, ochkolar olib qo'yiladi va xatto chempionatdan ham chetlatiladi. Men sizlarga bu narsani kafolat beraman. Sizlarning aybingiz bilan OCHLdagi o'rinlarimiz yildan-yilga kamayib ketyapti. To'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida to'rtta klub bilan ham ishtirok etgandik. Bu yil bor-yo'g'i bitta jamoamizga guruhdan joy ajratildi. qolgan ikkita klubimiz pley-offda qatnashishadi. Bu 50ga 50 degani. Mabodo, Nasaf va Lokomotiv guruh bosqichiga chiqa olishmasa, bu futbolimiz uchun kattagina minus bo'ladi. Achinarlisi, ayrim klublarimiz hali ham licenziyalash nima ekanligini tushunib etishmayapti. Tushunish uchun futbolni biladigan kadrlar kerak. Klublarimizda marketing bo'limi umuman ishlamayapti. Marketning o'zi nima ekanligini bilmaydigan klublar ham bor", - deydi Farhod Magometov.

"Tushunamiz, kimgadir yaxshi homiy biriktirilgan, ayrim klublarimizning homiylari o'rtacha. Lekin imkon qadar sizlarga yordam berishga harakat qilyapmiz. Sizlar ham kim bizga yordam berar ekan, deb qarab turmanglar-da! Ozgina bo'lsa-da, o'zingizni o'zingiz taminlashga harakat qilib ko'ringlar. Marketingni kuchaytiringlar. Buxoro klubining bir futbolchidan 4 yil oldingi qarzi ham bor edi. Olti ochko olib tashlaymiz, degandik, darrov qarzini uzdi. Demak, pul bor ekan-ku! PFL avvalgi qarzdorliklarni unutib yuboradi, deb o'ylasangiz, qattiq yanglishasiz. Hammasi nazorat ostida turibdi. Klublar rahbarlariga yana bir talabim - futbolchilar bilan shartnoma imzolayotganda hujjatlashtirish jarayoniga jiddiy etibor qarating. Bo'sh qog'ozga qo'l qo'ydirib olib, u erga o'zingiz istagan summani yozish holatlarini boshqa ko'rmaylik. SHunday holatlar ro'y bergani uchun sizlarni so'nggi bor ogohlantiraman. PFLda ro'yxatdan o'tkazilmagan va bizning muhr bo'lmagan har qanday hujjat noqonuniy deb topiladi. Bu esa qonunga ko'ra javobgarlikka tortiladi. Qanday javobgarlik ekanligini aytishim shart bo'lmasa kerak. Buning uchun malakali yuristlarni ishga olinglar. Biz qaysi jamoaning nima bilan shug'ullanayotganini juda yaxshi bilamiz. SHunday ekan, qadamingizni o'ylab tashlang", - deb o'z fikrlarini bildirdi PFL rahbari.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика