So’nggi yangiliklar

02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  1 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  2 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  6 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  8 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  11 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  11 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  36 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  10 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  19 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  10 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  155 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  20 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  3 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  474 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021". Ertangi final oldidan ikki jamoa murabbiylari qanday fikrda? Yangiliklar

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021". Ertangi final oldidan ikki jamoa murabbiylari qanday fikrda?

Ertaga Hokim Kubogining g'olib va sovrindorlari aniqlanadi. Xususan, Neftchi Qo'qon-1912 jamoalari 3-o'rin sohibini aniqlasa, Bunyodkor - Istiqlol final bahsida maydonga chiqadi.

Final oldidan ikki jamoa murabbiylari Marat Miftaxutdinov va Anvar Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"O'ylashimcha, qiziqarli o'yin guvohiga aylanamiz. «Istiqlol»da katta ishtiyoq bor, qolaversa, ular mezbon sifatida to'p surishadi. O'z-o'zidan ular uchun musobaqada g'olib bo'lish yoqimli. «Hokim Kubogi»da ishtirokimiz davomida avval guruh bosqichidan o'tdik, keyin chorak va yarim final, mana endi final. Aytishim kerak, shu ergacha etib keldikmi, biz ham «Hokim Kubogi»ni qo'lga kiritmoqchimiz! «Istiqlol»ni «Qo'qon-1912» jamoasiga qarshi o'yinini bevosita stadionda tomosha qildim. Raqibimiz katta ishtiyoq bilan to'p suradigan jamoa. Tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Xususan, «Istiqlol»ning hujum chizig'i kuchli ko'rindi. SHuningdek, o'yinchilarning jismoniy holati ham ko'ngildagidek ekanligini bildim. 

Biz finalga tayyormiz! Tarkibda yo'qotishlar yo'q. Barcha futbolchilarning holati ko'ngildagidek. Ertaga bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun maydonga chiqamiz.

«Hokim Kubogi»da qatnashish uchun Farg'onaga keldikmi, nima uchun g'oliblikni o'ylamasligimiz kerak? Nega turnirda g'olib bo'lish muhimmas? Rosti, ilk kunlarda turnirga nisbatan oddiyroq ko'z bilan qaragandik. Yarim finaldan so'ng nafaqat o'zimiz, balki tanishlar ham «Hokim Kubogi»ga qiziqish bildirishni boshlashdi. Demak, «Hokim Kubogi»ning obro'si oshgan.

Penaltilar seriyasi? Biz barchasini 90 daqiqada hal qilishni xohlaymiz va shunga harakat qilamiz. Penalti bu – lotoreya. Lotoreyada hammaga omad kelavermaydi. 90 daqiqa mehnat qilib, lotoreyada yutqazib qo'yish ham mumkin va albatta alamli",- deydi Marat Miftaxutdinov.


"Finalda o'ynash har bir jamoaga o'zgacha kayfiyat beradi. Ochig'ini aytganda, «Hokim Kubogi»ning startidan avval hech kim «Istiqlol»ni finalgacha etib keladi, deb o'ylamagan edi. Musobaqa davomida qilgan mehnatimiz samarali o'laroq finalga chiqdik. Final bitta o'yindan iborat. Uchrashuv taqdiri 90 daqiqada hal bo'ladigan bellashuvdan oldin aniq fikr bildirish mushkul. To'p dumaloq, maydon tekis deyishadiku! Ishontirib aytadiganim shuki, ertaga qiziqarli uchrashuvni ko'ramiz.

«Bunyodkor»ning kuchini, darajasini hamma juda yaxshi biladi. Jamoa bejizga Superligada yuqori o'rinlar uchun davogarlik qilmaydi. Biz raqib kim bo'lishidan qatiy nazar o'yinga tayyormiz! 

Biz musobaqadagi ishtirokimiz orqali futbolchilarni mavsumga tayyorlashni rejalashtirganmiz. Qolaversa, g'oliblik ruhini singdirishni o'ylaganmiz. Lekin har qanday musobaqada natija ham muhim hisoblanadi. Har doim ham finalda o'ynayvermaysiz.

Finalda penaltilar seriyasi bo'lishini xohlaymanmi? Nazarimda buning ahamiyati yo'q. To'g'ri, chorak va yarim finalda o'yin taqdiri penaltilar seriyasi orqali hal bo'ldi, biroq bu  futbol! Asosiysi, chiroyli va muxlislarga yoqadigan hamda natija olib beradigan o'yin namoyish qilish.

Musobaqa boshlanishidan avval jamoani bir qator futbolchilar tark etgandi. Tarkibga yangi qo'shilgan o'yinchilar bilan har bir uchrashuvga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rdik va maydonga tushdik. Yuqorida takidlaganimdek, mehnatlarimizning samarali o'laroq finalgacha etib keldik. Endi to'xtab qolmoqchi emasmiz",- deydi Anvar Berdiev. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика