So’nggi yangiliklar

21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  0 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  0 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  1 19:50Сон Хён Миндан пул талаб қилган жиноятчилар қамоқ жазосига ҳукм қилинди  0 19:22"Реал" Алонсо ўрнини босиши мумкин бўлган номзодларни аниқлаб олди  20 18:54Омадсизлар рейтинги: АПЛдан тушиб кетишга асосий даъвогарлар  6 18:26Ван Дейк, Салоҳ ва "Ливерпул"нинг бошқа асосий футболчилари Слот ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда  10 17:58Кожонинг кейинги тақдири нима бўлади?  1 17:32"Реал" яна бир ҳимоячисини йўқотди  4 17:07​Breaking! Салоҳ "Интер"га қарши ўйин қайдномасидан тушиб қолди  6 16:42"Истиқлол" — Тожикистон чемпиони!  11 16:27"Нефтчи" мураббийи Бошкович штабида иш бошлади  4 16:01"Сўғдиёна" икки футболчиси билан ҳамкорликни давом эттиради  0 15:35Суперлига ўтиш ўйинида ишловчи ҳакамлар маълум  6 14:57Буадди Европа элитаси орасида талаш бўлмоқда  0

Farg'ona viloyati birinchiligi: "FarDU" - "Yozyovon-Lochinlari" uchrashuvida durang natija qayd etildi Yangiliklar

Farg'ona viloyati birinchiligi: "FarDU" - "Yozyovon-Lochinlari" uchrashuvida durang natija qayd etildi

Futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligi 7-turida Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoasi o'z maydonida Yozyovon tumanining "Yozyovon-Lochinlari" klubini qabul qildi.

Uchrashuv mehmonlarning faol hujumlari bilan boshlandi. Raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun ketma-ket hujum tashkil etgan yozyovonliklar uchrashuvning 25-daqiqasiga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo'ldilar. "Yozyovon-Lochinlari"ning 22-raqamli futbolchisi Maqsadbek Ibragimov uzoq masofadan kuchli zarba yo'llab, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'limda har ikki jamoa vakillarida raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
Ikkinchi bo'limni mezbon jamoa vakillari faol hujumlar bilan boshlashdi. Mezbonlar tomonidan tashkil etilayotgan hujumlarga qarshi hujum bilan javob bergan yozyovonliklar bir necha bor yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Uchrashuv yakunlanib borayotgan bir pallada "FarDU" jamoasi vakillari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldilar. Bu vaziyatda jarima zarbasidan etkazib berilgan to'pni mezbonlarning 4-raqamli futbolchisi Nozim Bobojonov bosh bilan zarba berib, mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuv shu tariqa 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.


Futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligi.

7-tur.

"FarDU" - "Yozyovon-Lochinlari" 1:1 (0:1)

Gollar:
Maqsadbek Ibragimov 25 (0:1), Nozim Bobojonov 90 (1:1)

Hakamlar
: J.Qosimov, A.Isaqov, M.Rustamov

"FarDU": 12.Asadbek Azizov, 20. O.Maxammadjonov, 4. Nozim Bobojonov, 77. Muxammad Xakimjonov, 3. Zafar Sirojiddinov, 18.Muxsin Maxamadjonov, 17. Olloberdi Ergashev, 9. Maqsud Rustamjonov, 23. R.Muxammadjonov, 5. Asadbek Mamarasulov, 22. Soyib Samijonov
Zaxira: 1. Toxir Ashurov, 31. Javlon G'ofurov, 10. Faxriyor O'rinboev, 32. Mo'min Komilov, 7.Umid Yuldashev, 33. Lazizbek Qo'ldashev

"Yozyovon-Lochinlari": 1. Bahodir Yigitaliev, 3. SH.SHarofiddinov, 6. Izzatbek Yuldashev, 7. Abdumalik Ismoilov, 9. Abduvohid Soliev, 11. Asliddin Aloliddinov, 20. Abdumutal Abduraxmonov, 19.Zoxidbek Ismoilov, 5. Asadbek Akramov, 2. Anvar Umurzaqov, 22. Maqsadbek Ibragimov.
Zaxira: 41. Azam Abduraxmonov, 10. Sanjar Tursunov, 18. Avaz Nizomov, 8. Izzatillo Rahimov, 15. Murtazoxun Yoqubov, 16. Naimjon Yusufjonov, 21. Umid Qodirov

Bekzod Tolibov tayyorladi.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика