“Mashinasozlik” xozircha ikkinchi o'rinda, maqsad chempionlik

Narzulla Saydullayev
12 okt 2021
Yurtimizda nafaqat superliga, balki ikkinchi liga o'yinlari ham qizg'in pallasiga keldi. Ayniqsa, so'nggi tur o'yinlari bir - biridan qiziqarli tus olmoqda.

Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasozlik” jamoasi ham Andijon viloyati ikkinchi ligasida o'z oldilariga yuqori maqsadlarni qo'ygan xolda, yuqori o'rinlarda bormoqda.

Mashinasozlar o'tkazilgan 12 tur yakuniga ko'ra, 28 ochko jamg'arishib, ikkinchi o'rinni band qilib turibdi.

Maqsadimiz jiddiy, xozircha ikkinchi o'rinda bo'lsakda, birinchi o'ringa ko'tarib olish uchun imkoniyatimiz bor deb o'ylayman. Ijobiy natijalarga erishishimizda, institutimiz rektori Umidjon Muxtoralievichning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi zamin bo'lmoqda. Institutimizda talabalarimiz bilim olish bilan birgalikda, futbol bilan muntazam ravishda shug'ullanib kelishadi – deydi “Mashinasozlik” jamoasining bosh murabbiyi AzamatjonXaitov.

Agar e'tibor va sharoitlar shunday darajada bo'lsa, “Mashinasozlik” jamoasi yaqin yillarda yuqori ligalarda to'p surishiga shubxa qilmasa ham bo'ladi.



Vasiev Xayrullo


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia