So’nggi yangiliklar

08:55Футзал. 3-турнинг марказий учрашувида йирик ҳисоб қайд этилди  0 08:27Элдор Шомуродов:"Ҳамма ҳам хато қилади"  3 07:59Каннаваро дебюти омадли чиққан Ўзбекистон - Қувайт учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  1 07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  9 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  3 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  9 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1

Faqatgina oldinga! - Sulsherning g'oyalari ish bermoqda Yangiliklar

Faqatgina oldinga! - Sulsherning g'oyalari ish bermoqda

Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted"dagi kelasi rejalari haqida gapirdi.

Bir hafta oldin "Siti"ga qarshi bahsda 28 foiz vaqt davomida to'pga egalik qilgan bo'lsa-da, Sulsher jamoada to'pni ushlab turish orqali jamoani qurishni istamoqda.

Bu jamoaning o'tgan 11 o'yinida yaqqol sezilishni boshladi. Endi esa mavsum koronavirus epidemiyasi sababli to'xtatildi.

Sulsher qishda olib kelgan Brunu Fernandesh hamda Odion Igalo ham jamoaning o'yinini yanada effektivlashtirdi va endi norvegiyalik mutaxassis jamoaning o'yini yanada yoqimliroq bo'lishiga ishonmoqda.

"To'p oyog'iga tushganidan keyin futbolchilar to'pdan maksimal ravishda foydali foydalanishlarini doimo talab qilaman. Paslar oldinga, harakatlar oldinga. Jamoa shunday o'ynashi kerak.

"Siti"ga qarshi o'ynash biz uchun juda og'ir. Agarda ular bizga to'pni 70 foiz vaqt davomida ushlab turishimizga qo'yib berishsa, buni to'g'ri qabul qilardim. Albatta, ular bunga ko'nishmaydi. Biroq ayrim jamoalar borki, to'pni raqibiga tashlab qo'yadi va o'z imkoniyatini kutadi. Biroq bizda to'psio' ham ajoyib tarzda harakatlanadigan futbolchilar etarlicha.

Masalan, Odion Igalo bizdagi bir necha kamchiliklarni yopib berdi. SHunday tipdagi hujumchi bizning o'yin uslubimizga mos tushardi. Albatta, biz rivojlanishimiz va o'sishimiz kerak. Men jamoa o'yinni nazorat qilib, tezkor hujumga o'tishini istayman", - dedi Sulsher.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика