Fan-klublar madaniyatli muxlislikni targ'ib etishlari kerakligi takidlandi
12 may 2014 17:27
Yangiliklar
Fan-klublar madaniyatli muxlislikni targ'ib etishlari kerakligi takidlandi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi anjumanlar zalida O'zbekiston Professional Futbol ligasi rahbariyati, Toshkent shahridagi Oliy Liga futbol klublari vakillari va ushbu jamoalarning muxlislar klublarining Ichki ishlar vazirligi xodimlari ishtirokida uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'zPFL bosh direktori Farhod Magametov raislik qilgan uchrashuvda IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Nurbek Safarov va IIV Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi bo'lim boshlig'i Islombek Jahongirov qatnashdi.
Uchrashuv chog'ida O'zbekistonda futbolni rivojlantirish va ommaviylashtirish bo'yicha davlat darajasida chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, yangi sport inshootlari va zamonaviy stadionlar sportchi va tomoshabinlar ixtiyoriga topshirilayotgani, buning samarasi o'laroq futbolchilar va futbol jamoalari ichki va xalqaro maydonlarda malum muvaffaqiyatlarga erishayotgani takidlandi.
Ayni vaqtda, yaqin xorij mamlakatlarida futbol muxlislarining siyosiy nizolarga aralashib qolishi holatlari yoki futbol muxlislarining bevosita aralashuvi bilan futbol uchrashuvlari atrofida turli tartibbuzarliklar amalga oshirilayotgani qayd etib o'tildi. Uchrashuvda, shuningdek, O'zbekistonda tashkil etilgan so'nggi bir necha mahalliy va xalqaro uchrashuvlardagi futbol muxlislarining o'zini tutishi va xulqi monitoring qilingani malum qilinib, ushbu holat bo'yicha tanqidiy munosabatlar bildirildi.
2013 yil fevralida Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyrug'i bilan Futbol bo'yicha sport musobaqalarini o'tkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) o'zini tutish qoidalari tasdiqlangan bo'lib, Nurbek Safarov o'z nutqi davomida futbol klublari qoshida tashkil etilgan muxlislar klublari ushbu qoidalarda ko'rsatilgan talablarga rioya etishlari kerakligi va ular stadiondagi boshqa tomoshabinlarga o'zini tutish borasida namuna bo'lishlari kerakligini qayd etib o'tdi.
O'z navbatida, Islombek Jahongirov futbol klublari qoshida tashkil etilgan muxlislar klublari azolari stadionlarda madaniyatli muxlislikni targ'ib etishlari kerakligi haqida fikr bildirib, futbol uchrashuvlari vaqtida xavfsizlikni taminlashga masul bo'lganlar va muxlislar klublari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini takidladi.
Muloqot chog'ida Oliy Liga bahslari doirasida Samarqand shahrida bo'lib o'tgan Dinamo (Samarqand) – Paxtakor (Toshkent) uchrashuvidan so'ng ro'y bergan noxush holatlarga ham to'xtalib o'tildi. Hozirgi vaqtda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda, tomonlarning ko'rsatmalari o'rganib chiqilmoqda. Qayd etishlaricha, ushbu noxush holatlar sabab hech kim jabr ko'rmagan, biroq moddiy zararlar etkazilgan. Bunday hodisalar kelajakda takrorlanmasligi kerakligi, buning oldini olish uchun muxlislar klublari bilan uchrashuvlarni ko'proq tashkil etish va tushuntirish ishlari olib borish zarurligi takidlandi.

Fikrlar