Fabian Ruis koronavirusdan tuzaldi va "Napoli"ga yordam berishga tayyor
05 fev 2021 11:04
Yangiliklar


Fabian Ruis koronavirusdan tuzaldi va "Napoli"ga yordam berishga tayyor
"Napoli" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis uch haftalik muolajalardan so'ng koronavirusdan tuzaldi.
Markaziy xavbekka mashg'ulotlarga qatnashishga va COVID-19 uchun ikki manfiy testdan so'ng o'yinlarda ishtirok etishga ruxsat berildi.
24 yoshli Fabian Ruis 19 kun oldin kasallanganini bilgan va shundan so'ng tibbiy protokolga amal qilgan holda o'zini izolyaciya qilgan edi. Yarim himoyachi "Napoli"dagi kasallik aniqlangan so'nggi o'yinchi bo'ldi.
Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasida 2019 yilning yozidan beri 7ta o'yin o'tkazdi, A Seriyada esa "Betis" (30 million evro evaziga)dan o'tganidan so'ng uchinchi yili ham muvaffaqiyatli tarzda to'p tepmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar