FA Mourinodan gapiga "javob berish"ini so'radi
15 dek 2017 09:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/294409_original.jpg)
![](/upload/storage/294409_220.jpg)
FA Mourinodan gapiga "javob berish"ini so'radi
Angliya futbol associaciyasi (FA) Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinodan APL 16-turidan o'rin olgan Manchester Sitiga qarshi o'yindan oldin (1:2) aytgan gaplariga izoh berishini talab qildi.
Portugaliyalik murabbiy 8 dekabr kuni «Old Trafford»da o'yinoldi matbuot anjumanida qatnashgandi. Ammo FA Mourinoning aytgan qaysi gapiga izoh berishini malum qilmagan. O'sha kuni Mourino jumladan shunday degandi: «Siti» futbolchilari ozgina shamol bo'lsa ham yiqilib tushishmoqda».
Mourino 18 dekabr kuni soat 18:00ga qadar o'z javobini berishi lozim.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar